Foto: picture-alliance/Kyodo
Shimoliy Koreyadan 8000 ga yaqin askar allaqachon Rossiya-Ukraina chegarasiga yetib kelgan va «yaqin kunlarda» jangovar harakatlarda qatnashishga tayyorlanmoqda. Bu haqda 31 oktyabr, payshanba kuni AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken ma’lum qildi. Uning so‘zlarini AP agentligi keltirmoqda.
Blinkenning aytishicha, Rossiya harbiylari shimoliy koreyalik hamkasblarini artilleriya qurollari va uchuvchisiz uchoqlardan foydalanishga o‘rgatmoqda, shuningdek, bu «kuchlarni front chizig‘idagi operatsiyalarda to‘liq qo‘llash niyatida ekanliklarini ko‘rsatmoqda». Avvalroq Pentagon matbuot kotibi Sabrina Singx Shimoliy Koreya qo‘shinlari «yaqin haftalarda Ukraina yaqinidagi Rossiya qo‘shinlarini kuchaytirishi»ni aytgan edi.
AQSH Xitoyni KXDR askarlari Rossiyadan olib chiqib ketilishiga erishishga chaqirdi
Qo‘shma Shtatlar Xitoyni Rossiya Federatsiyasida joylashgan Shimoliy Koreya qo‘shinlarini doimiy joylashtirish joylariga qaytarishga erishishga chaqirdi. Vashington Xitoy hukumatidan aloqalarni davom ettirayotgan Shimoliy Koreya rahbariyatiga bosim o‘tkazishni so‘radi, deb xabar berdi CNN 30 oktyabr kuni nomi oshkor etilmagan amerikalik rasmiylarga tayanib.
Ulardan birining aytishicha, AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ham Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Rossiyaga yuborilishi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bir qator boshqa davlatlarni Pekin bilan bog‘lanishga ko‘ndirish haqida ko‘rsatma bergan. Biroq CNN suhbatdoshlari G‘arb rasmiylari bu masala bo‘yicha «Xitoy Shimoliy Koreyaning rejalariga xalaqit berishi yuzasidan optimistik kayfiyatda emasligini» tan olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi