Foto: Alberto Saiz/AP Photo/picture alliance
Ispaniyada mamlakat janubi-sharqiy qismida sodir bo‘lgan halokatli suv toshqini qurbonlari soni 150 kishidan oshdi. 31 oktyabr, payshanba kuni tushdan keyin qutqaruv xizmatlari 158 nafar halok bo‘lganlarning jasadini topdi. Birgina Valensiya viloyatida kamida 155 kishi tabiiy ofat qurboni bo‘ldi, qutqaruvchilar omon qolganlarni qidirishni davom ettirmoqda.
Shahar rasmiylarining ma’lum qilishicha, 25 ming aholiga ega Payporta shahrida kamida 62 kishi halok bo‘lgan. Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Robles ko‘p odamlar hali ham bedarak yo‘qolganligini ta’kidladi. Qutqaruv operatsiyasida o‘t o‘chiruvchilar, politsiya xodimlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlaridan tashqari 1200 dan ortiq askar ishtirok etmoqda. Qidiruv ishlarida dronlardan foydalanilyapti.
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchesning aytishicha, qurbonlarni qidirish ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. U Valensiya va Kastellon aholisini uyda qolishga va qutqaruvchilar ko‘rsatmalariga amal qilishga chaqirdi. Ispaniya qiroli Felipe VI ham xavfli ob-havo hali tugamaganidan ogohlantirib, odamlarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Sinoptiklar yana kuchli yomg‘ir yog‘ishini taxmin qilmoqda.
Berlin va Bryussel toshqindan keyin Ispaniyaga yordam taklif qildi
Yevropa Ittifoqi Ispaniya qutqaruv xizmatlariga yordam berish uchun o‘zining Copernicus sun’iy yo‘ldosh tizimidan foydalanmoqda. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida ma’lum qildi.
Berlin suv toshqinlari paytida Ispaniyaga yordam taklif qildi. Germaniya kansleri Olaf Shols Berlin Madrid bilan «ehtimoliy yordam haqida muloqotda» ekanligini aytdi. Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer, o‘z navbatida, suv toshqinlarini «dahshatli tabiiy ofat» deb atadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi