Amerikalik reper va «Gremmi» mukofoti sovrindori Young Thug adliya tizimi bilan kelishuvga erishganidan so‘ng qamoqdan ozod qilindi. U ko‘cha jinoiy guruhida ishtirok etish, giyohvand moddalar va qurol saqlashda aybini qisman tan oldi.
Haqiqiy ismi Jeffri Lamar Uilyams bo‘lgan 33 yoshli reper ko‘cha zo‘ravonligida ayblanib, hibsga olinganidan beri 900 kundan ko‘proq vaqtni panjara ortida o‘tkazdi. Bu Jordiya shtati tarixidagi eng uzoq davom etgan jinoiy sud edi.
2022 yil may oyida prokurorlar u asos solgan YSL studiyasi shtat poytaxti Atlantadagi uyushgan jinoiy guruh uchun boshpana ekanligini aytishgandi.
— Jinoyatlarim uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmamga olaman. Bu vaziyatda jabrlangan har bir kishiga aytmoqchiman: «Kechiring», — dedi u sudda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?