Foto: Getty Images
Eron Isroilning hujumiga javoban Iroq hududidan unga jiddiy zarba berishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Isroil razvedkasidagi manbalarga tayanib, Axios portali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tehron 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan AQSHdagi prezidentlik saylovlariga qadar ko‘plab dron va ballistik raketalar yordamida operatsiyani amalga oshirishi mumkin. Zarba berish uchun Iroq hududi tanlanmoqda. Bu Eronning o‘z strategik obyektlariga Isroilning yangi hujumidan qochishga yordam beradi.
Amerikalik rasmiylardan biri Eron hukumatining yaqin vaqt ichida zarba berishi to‘g‘risidagi qaroridan bexabar ekanliklarini bildirdi.
Isroilning Eronga hujumi
26 oktyabr kechasi yahudiy davlati armiyasi Erondagi harbiy obyektlarga havo hujumi uyushtirdi. Raketa ishlab chiqarish zavodlari va havo hujumidan mudofaa tizimlari nishonga olindi. Eron tomoni hujum qaytarilgani, biroq “cheklangan zarar” yetkazilganini bildirdi. Ikki harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Hujum munosabati bilan Eron Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirdi.
AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin Eron “xato” qilmasligiga va vaziyatni yanada keskinlashtirmasligiga umid bildirdi hamda Isroil zarbalari o‘zaro hujumlarga chek qo‘yganini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?