Report.az
2024 yilning 9 oyida Turkiyaga 41,8 million xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,7 foizga ko‘pdir. Bu haqda Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi ma’lum qildi.
Vazirilik ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida Rossiya Turkiyaga sayyohlar oqimi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan. 2024 yilning yanvar sentyabr oylarida kelgan rossiyalik sayyohlar soni 5 million 473 ming 380 nafarni yoki umumiy sayyohlik oqimining 13,08 foizini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 6 foizga o‘sdi.
Birinchi beshlikka Rossiyadan tashqari Germaniya (5,16 million), Buyuk Britaniya (3,68 million), Eron (2,48 million) va Bolgariya (2,17 million) ham kirgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, sentyabr oyida Rossiya Turkiyaga sayyohlik oqimi bo‘yicha ham birinchi o‘rinni egalladi.
Ikkinchi o‘rinda Germaniya (772,6 ming kishi), uchinchi o‘rinda Buyuk Britaniya (deyarli 577 ming). To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni Eron (380 ming) va Bolgariya (304,3 ming) egallagan.
Sentyabr oyida Turkiyaga jami 6,54 million sayyoh tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 4,6 foizga ko‘pdir.
Avvalroq 2024 yilda Turkiyaga 60 million sayyoh kelishi kutilayotgani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?