Foto: Anadolu
Pentagon 2024 yil 30 sentyabrda yakunlangan moliyaviy yilda harbiy razvedka uchun 29,8 milliard dollar sarflaganini ma’lum qildi.
Qisqa bayonotda ta’kidlanishicha, “Ushbu dastur tafsilotlari yoki uni moliyalashtirishga oid boshqa hech qanday ma’lumot berilmaydi, chunki ular milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan maxfiy qoladi”.
O‘tgan yili Qo‘shma Shtatlar harbiy razvedka uchun 27,9 milliard dollar, 2022 yilda 24,1 milliard dollar va 2021 yilda 23,3 milliard dollar sarflagan.
Avvalroq dunyo mamlakatlari 2023 yilda harbiy xarajatlar uchun 2,44 trillion dollar sarflagani ma’lum qilingandi.
AQSH, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ukraina, Fransiya va Yaponiya 2023 yilda harbiy budjetga eng ko‘p mablag‘ ajratgan davlatlar o‘ntaligiga kirgan. 2024 yilda ham ularning armiyaga tikadigan mablag‘i faol oshishi prognoz qilingan.
2023 yilda AQSHning harbiy sohaga ajratgan budjetida 2,3 foiz o‘sish kuzatilib, jami 916 milliard dollarni tashkil etgan. 296 milliard dollarlik harbiy budjet bilan Xitoy 6 foizlik o‘sish qayd etgan. Rossiyada esa bu yo‘nalishdagi budjet mablag‘i 24 foizga oshib, 109 milliard dollarlik chegaraga yetgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?