Illyustartiv foto: ChatGPT
Qirg‘iziston Iqtisodiyot va tijorat vazirligi “Virtual aktivlar masalalari bo‘yicha ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorladi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Hujjat “Qirg‘izistonda tadbirkorlik faoliyati sifatida litsenziya asosida virtual aktivlar bilan bog‘liq bir yoki bir nechta bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi kriptobanklarni joriy etish maqsadida” ishlab chiqilgan. Litsenziya olgach, kriptobank qonunda nazarda tutilgan raqamli aktivlar bilan bog‘liq har qanday faoliyat turlarini amalga oshiradi.
Raqamli texnologiyalar va kriptovalyutalarning jadal rivojlanishini inobatga olgan holda, kriptobank tashkil etish mamlakatning an’anaviy moliya tizimiga kripto-aktivlarni integratsiya qilish uchun dolzarb zaruratdir. Kriptobank fuqarolar va tadbirkorlarning kriptovalyutalar bilan xavfsiz, tartibga solingan va qulay munosabatda bo‘lishini ta’minlaydi, deyiladi asoslovchi ma’lumotnomada.
Kriptobankni joriy etish zarurati quyidagi maqsad va vazifalarni o‘z ichiga oladi:
- Kriptovalyutalar bilan operatsiyalarda huquqiy asosni shakllantirish;
- Ma’lumotlar va tranzaksiyalarni himoya qilish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish orqali foydalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash;
- Moliya sektorida innovatsiyalarni rag‘batlantirish va yangi biznes modellarning rivojlanishi;
- Kriptoaktivlar bilan operatsiyalarni qonuniylashtirish orqali soliqlardan tushumlarni oshirish;
- Respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyani jalb qilish.
Iqtisodiyot vazirligining ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida kriptovalyutalarga qiziqish sezilarli darajada oshgan. Kriptobankning tashkil etilishi ushbu bozorni tartibga solish va qonuniylashtirish imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?