07:40 / 02.11.2024
25

Eron insoniyatga tahdid yuzaga kelsa, yadroviy doktrinani o‘zgartirishi mumkin

Eron insoniyatga tahdid yuzaga kelsa, yadroviy doktrinani o‘zgartirishi mumkin
Foto: Reuters
Eron hukumati ekzistensial tahdid yuzaga kelgan taqdirda yadroviy doktrinani o‘zgartirishni istisno qilmaydi. Bu haqda mamlakat oliy rahnamosining maslahatchisi Kamol Xarroziy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat Yaqin Sharqda mojaro avj olishini istamasa-da, biroq bunga tayyor. Shuningdek, u Isroilni etnik “qirib yuborish”da ayblagan.

Eronga ekzistensial tahdid yuzaga kelgan taqdirda ham yadroviy doktrinani o‘zgartirish mumkin. Yadro qurolini ishlab chiqarish uchun texnik imkoniyatlarimiz mavjud, inqilob yetakchisining fatvosi esa bizni to‘xtatib turgan yagona narsa”, deydi eronlik siyosatchi.

Eronda 2003 yildan beri oliy rahnamoning fatvosi mavjud bo‘lib, unga ko‘ra islomga zidligi tufayli yadroviy qurol ishlab chiqarish taqiqlanadi. 2024 yil oktyabr oyida Eron qonunchilari Oliy milliy xavfsizlik kengashini mudofaa doktrinasini qayta ko‘rib chiqish va yadro qurolini yaratishga ruxsat berishga chaqirgan edi.

Kamol Xarroziy, shuningdek, hukumat hozirda o‘q-dorilar bilan bog‘liq siyosat o‘zgarishlarini ishlab chiqayotganini ma’lum qilgan. Xarroziyga ko‘ra, ballistik raketalar uchish masofasini oshirish rejalashtirilgan, shuningdek, Eron raketalarni yaratishda G‘arb davlatlarining xavotirlarini hisobga olgan.

Agar G‘arbning o‘zi Eronning o‘z suvereniteti bilan bog‘liq xavotirlarini tan olmasa, mamlakat uzoq masofali raketalarni ishlab chiqishni boshlashi mumkin”, deya xulosa qilgan Xarroziy.
Isroilning Eronga hujumi

26 oktyabr kechasi yahudiy davlati armiyasi Erondagi harbiy obyektlarga havo hujumi uyushtirgan edi. Unda raketa ishlab chiqarish zavodlari va havo hujumidan mudofaa tizimlari nishonga olingan. Eron tomoni hujum qaytarilgani, biroq “cheklangan zarar” yetkazilganini bildirgan. Hujum munosabati bilan Eron Birlashgan Millatlar tashkiloti Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirgan.

AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin Eron “xato” qilmasligiga va vaziyatni yanada keskinlashtirmasligiga umid bildirgan hamda Isroil zarbalari o‘zaro hujumlarga chek qo‘yganini ta’kidlagan.

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Isroil armiyasining havo hujumiga javob qaytarishga va’da bergandi.

Biz urushni istamaymiz, ammo millatimiz huquqlarini himoya qilib, o‘zimizni mudofaa qilamiz. Sionistik rejimning tajovuziga javob qaytaramiz”, dedi Pezeshkiyon.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron insoniyatga tahdid yuzaga kelsa, yadroviy doktrinani o‘zgartirishi mumkin