Foto: Sergei Karpukhin/TASS/picture alliance
«Krokus Siti Xoll»da 145 kishining hayotiga zomin bo‘lgan terakt bo‘yicha jinoiy ishda to‘rt yangi ayblanuvchi paydo bo‘ldi. Ularning barchasi Ingushetiya fuqarolari, ulardan ikki nafari hibsga olingan, yana ikki nafari qidiruvga berilgan. Bu haqda 1 noyabr, juma kuni «Kommersant» gazetasi xabar qildi.
Unga ko‘ra, gap Surxaxida tug‘ilganlar — Husayn Medov, Jabrail Aushev va Xavaj-Bagaudin Aliyev, shuningdek, ekajevolik Batir Kulayev haqida ketmoqda.
Ular «bir guruh bo‘lib oldindan til biriktirib, qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarning noqonuniy muomalasi» va «guruh tomonidan sodir etilgan portlovchi qurilmalar va portlovchi moddalarning noqonuniy savdosi» moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Medov to‘rtta foydalanishdan chiqqan Kalashnikov avtomatini jangovar avtomatlarga aylantirgan, Kulayev ular uchun magazin va patronlarni topgan, Aushev va Aliyev Ingushetiyaning Ekajevo va Surxaxi qishloqlari yaqinida omborlarga qurol va o‘q-dorilarni yetkazib bergan, shundan so‘ng jihozlar Moskvaga olib ketilgan.
Rossiyani bir yil ichida 2 mlndan ortiq migrant tark etdi
Rasmiy idoralarning xabarlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida 2 milliondan ortiq chet el fuqarolari Rossiyani tark etgan. 18 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi ma’lum qilishicha, ayni paytda mamlakatda 6,17 million xorijiy fuqaro ro‘yxatga olingan.
«Joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra, migratsiya ro‘yxatidan o‘tish davlat axborot tizimida ma’lumotlari mavjud, Rossiyada bo‘lgan chet el fuqarolari soni 6 million 174 ming 777 nafarni tashkil qildi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Shu bilan birga, butun 2023 yil davomida Rossiya Federatsiyasida 8,5 milliondan ortiq kishi migratsiya uchun ro‘yxatdan o‘tgan, dedi iyun oyi oxirida Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova. «Asosan, MDHga a’zo davlatlarning fuqarolari mamlakatimizda ishlayapti. 2023 yilda hududimizga 9 million 973 ming 338 kishi kirib kelgan. Ulardan 8 million 507 ming 906 nafari migratsiya uchun ro‘yxatga olingan», — dedi Moskalkova. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?