Foto: Jack Guez -Pool/Getty Images
Isroilda harbiy rejalarga oid razvedka ma’lumotlarining sizib chiqib ketish ishiga aloqador bir nechta gumonlanuvchi qo‘lga olindi, deb yozadi Axios.
Rishon-le-Sion shahar sudi materiallarida qayd etilishicha, tarqatilib ketgan razvedka ma’lumotlari «maxfiy ma’lumotlar va razvedka manbalarini xavf ostiga qo‘ygan, shuningdek, G‘azo sektorida urush maqsadlariga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga zarar yetkazgan».
«Gaares» nashrining yozishicha, tergov davomida qo‘lga olinganlardan biri Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ofisiga aloqador va urush vaqtida u bilan yaqindan hamkorlik qilgan. Isroil amaldorlarining ma’lumotlariga ko‘ra, u — bosh vazir kanselyariyasida rasman ishlamagan Netanyahuning yaqin yordamchisi.
Binyamin Netanyahu bosh vazir ofisiga aloqador xodim hibsga olinganini rad etgan. «Bosh vazir kanselyariyasidan hech kim so‘roq qilinmadi yoki hibsga olinmadi», — deyiladi bayonotda. Binyamin Netanyahu sizib chiqishiga bosh vazir kanselyariyasi emas, balki hukumatning boshqa organlari sabab bo‘lganini qo‘shimcha qildi.
Tergov sentyabr oyida Germaniyaning Bild nashri Isroil razvedkasining maxfiy hisobotini e’lon qilganidan keyin boshlangan. Hisobotda HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar o‘t ochishni to‘xtatish hamda garovga olinganlar bo‘yicha muzokaralar strategiyasiga aloqador hujjatlar haqida so‘z boradi. Tergovni Isroilning SHABAK maxsus xizmati, politsiya va mudofaa kuchlari olib borgan.
AQSH Federal qidiruv byurosi oktyabr oyida Pentagonda Isroilning Eronga hujum qilish rejalariga oid maxfiy razvedka ma’lumotlari tarqalib ketgani bo‘yicha tergov boshlagan edi. Mazkur voqeadan keyin Isrol Eronga hujumini kechiktirgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi