11:00 / 04.11.2024
42

Kamala Harris AQSH prezidentlik saylovlarida ovoz berdi

Kamala Harris AQSH prezidentlik saylovlarida ovoz berdi
Foto: Brian Snyder/Reuters
AQSHning amaldagi vitse-prezidenti Kamala Harris prezidentlik saylovlarida ovoz berdi. «Men hozirgina saylov byulletenimni to‘ldirdim», dedi Demokratik partiyadan oliy lavozimga nomzod bo‘lgan Harris yakshanba kuni Detroytdagi cherkov marosimida qatnashgandan keyin jurnalistlarga. Uning so‘zlariga ko‘ra, saylov byulletenlari allaqachon Michigandan Harrisning vatani bo‘lmish Kaliforniyaga yetib borgan.

Bir necha kun oldin Harrisning partiyadoshi, amaldagi prezident Jozef Bayden ham ovoz berdi. Oq uy rahbari Delaver shtatida — shaxsiy qarorgohi joylashgan Uilmington yaqinidagi Nyu-Kasldagi uchastkada muddatidan oldin ovoz berdi. Bayden demokratlar g‘alabasiga umid bildirdi.

AQSH prezidenti saylovining asosiy kuni 5 noyabrga belgilangan. Biroq, 25 milliondan ortiq odam allaqachon pochta orqali yoki muddatidan oldin ovoz berish uchastkalarida ovoz bergan.

Tramp Kamala Harrisning intervyusi uchun CBS'ni sudga berdi

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp raqibi Kamala Harrisning «60 daqiqa» ko‘rsatuviga bergan intervyusi uchun CBS telekanalini sudga berdi. Bu haqda 31 oktyabr kuni sud hujjatlariga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, AQSH sobiq prezidentining sudga murojaat qilishiga 6 oktyabr kuni dasturda Harris intervyusining o‘zgartirilgan versiyasi ko‘rsatilgani sabab bo‘lgan.

Unda, Trampning iddao etishicha, Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzodning G‘azo sektoridagi urush haqidagi savoliga bergan asl javobi qisqartirilgan varianti bilan almashtirgan. Shu munosabat bilan respublikachi CBS'dan 10 milliard dollar tovon puli talab qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kamala Harris AQSH prezidentlik saylovlarida ovoz berdi