11:23 / 04.11.2024
54

Shimoliy Koreya harbiylari evaziga Rossiyadan 700 ming tonnagacha guruch talab qildi

Shimoliy Koreya harbiylari evaziga Rossiyadan 700 ming tonnagacha guruch talab qildi
Foto: Reuters
Shimoliy Koreya harbiylari evaziga Rossiyadan yiliga 600-700 ming tonna guruch, kosmik texnologiyalar va askarlarga 2 ming dollar to‘lov talab qildi. Bu haqda The Korea Herald nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvning muhim qismi shundaki, KXDR va qo‘shni mamlakatlar bilan nizo yuzaga kelsa, Rossiya u tomonida jang qilishni va’da bergan. Janubiy Koreyaning Rossiyadagi sobiq elchisi Vi Son Lak bu Shimoliy Koreya uchun ancha foydali kelishuv ekanini aytmoqda.

Shimoliy Koreyadagi moliyaviy va oziq-ovqat inqirozi ko‘p jihatdan Rossiya bilan kelishuv orqali qoplanadi. Diplomatga ko‘ra, KXDR yiliga 4 million tonnadan kam don ishlab chiqaradi, g‘alla esa umumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining uchdan bir qismidan kamini tashkil etadi, bu esa mamlakat uchun yetarli emas.

"Shimoliy Koreya yiliga ishlab chiqarayotgan 4 million tonna g‘alla aslida mamlakatni oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun zarur bo‘lganidan 1 million tonna kam. Agar Rossiya 600-700 ming tonna guruch taklif qilsa, bu KXDRning yillik talabini qondirishda zarur bo‘lgan mahsulotning yarmidan ko‘pini qoplashga yetarli", dedi Vi Son Lak.

Shuningdek, KXDRdagi oziq-ovqat taqchilligini kamaytirishga Rossiya bilan qurol savdosi yordam beradi. Diplomat Moskva Pxenyandan artilleriya snaryadlari sotib olayotganini aytdi.

"Bundan tashqari, kelishuv Shimoliy Koreyaga kutilmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda Rossiya bilan birgalikda Koreya yarimorolida jang qilish imkonini beradi", deya qo‘shimcha qildi Vi Son Lak.

"Agar qachonlardir Koreya yarimorolida urush boshlanib qolsa, KXDR Rossiya yordamga kelishiga umid qilishi mumkin", dedi u.

Bundan tashqari, Janubiy Koreya Milliy xavfsizlik strategiyasi institutida (INSS) KXDR va Rossiya o‘rtasidagi bitimning ayrim tafsilotlari oshkor qilingan. Mutaxassislar ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya qo‘shinlarini AQSHdagi prezidentlik saylovlaridan bir necha hafta oldin Rossiyaga yuborish qarori shunchaki qabul qilinmagan.

"KXDR o‘z qo‘shinlarini jo‘natish jarayonini tezlashtirib, Rossiyani o‘zining tashqi strategiyasiga bog‘lab olishga intilmoqda", deb hisoblaydi INSS.

Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmatiga ko‘ra, Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etgani uchun har bir shimoliy koreyalik askarga oyiga taxminan 2000 dollar to‘lanadi. KXDRning kamida 10 ming nafar harbiysi Rossiyaga yuboriladi va yillik to‘lovlarning umumiy miqdori 200 million dollardan oshib ketadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya harbiylari evaziga Rossiyadan 700 ming tonnagacha guruch talab qildi