22:30 / 04.11.2024
27

Germaniyada Alisher Usmonovga qarshi tergov to‘xtatildi

Germaniyada Alisher Usmonovga qarshi tergov to‘xtatildi
Foto:“TASS”
Frankfurt-Mayn bosh prokuraturasi pul yuvishda gumon qilingan rossiyalik oligarx Alisher Usmonovga nisbatan tergovni to‘xtatdi.

Qayd etilishicha, prokuratura 71 yoshli tadbirkorga nisbatan dastlabki tergov to‘lov evaziga ayblanuvchining roziligi bilan 2024 yil 11 oktyabrda yakunlanganini ma’lum qilgan.

Usmonov 1,5 million yevro miqdoridagi mablag‘ni bir nechta notijorat tashkilotlarga o‘tkazishi kerak. Bundan tashqari, u Germaniya davlat g‘aznasiga 2,5 million yevro o‘tkazish majburiyatini olgan.

Ushbu shart bajarilgandan so‘ng tergov butunlay to‘xtatiladi”, deyiladi xabarda.

Qaror qabul qilishda prokuratura Usmonovga nisbatan ayblov qo‘yilgan harakatlar ancha avval sodir bo‘lgani va Germaniya, Gessen federal davlati yoki mamlakatdagi biron bir jismoniy yoxud yuridik shaxsga moliyaviy zarar keltirmaganini hisobga olgan. Tergovni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror Germaniya Jinoyat-protsessual kodeksining 153-a bandiga muvofiq qabul qilingan bo‘lib, u prokurorlarga “agar jinoyatchining aybi ahamiyatsiz deb hisoblansa va jinoiy javobgarlikka tortishda jamoatchilik manfaati bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikka tortilishdan bosh tortish imkonini beradi”.

Usmonovning advokatlari prokuratura “na Usmonov ayblanayotgan jinoyatlar faktlarini, na ayblovning asosiy tezislarini, shu jumladan, pul yuvilish holatlarini” isbotlay olmaganini ta’kidlagan.

Ular, shuningdek, bosh prokurorning qarorini olqishlab, ushbu qarorni “qonun ustuvorligiga ishonchni tiklash yo‘lidagi muhim qadam”, Usmonovning “obro‘-e’tiborini” himoya qilish, deb atagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada Alisher Usmonovga qarshi tergov to‘xtatildi