Elektromototsikl Afrika bo‘ylab quyosh energiyasida 6 ming kilometr yo‘l bosib o‘tdi

Dunyo1 daqiqa o'qish96
Elektromototsikl Afrika bo‘ylab quyosh energiyasida 6 ming kilometr yo‘l bosib o‘tdi
Foto: Lewis Seymour
Roam elektromototsikli faqat quyosh energiyasidan foydalangan holda 6 ming kilometrlik masofani bosib o‘tdi. CNN'ning yozishicha, 17 kun davomida mototsiklda Nayrobi, Keniya, Stellenbos, Janubiy Afrika hududlari kezib chiqilgan.

Elektromototsikl yordamida sayohat qilish bo‘yicha rekord AQSHda 42 kun davomida bosib o‘tilgan 25 ming kilometrli masofa tashkil etishiga qaramay, Roam mazkur natija qayta tiklanuvchi energiyadan uzoq masofalarga sayohat qilishda foydalanish mumkinligini isbotlashiga umid qilmoqda.

Safar davomida mototsikl akkumulatorlari qo‘shimcha transport vositasida tashilgan quyosh panellari yordamida quvvatlantirilgan. Elektromototsikl quvvat olish uchun to‘xtaganida o‘z akkumulatorini yangisiga almashtirib keta olgan.

«Biz Afrika davlatlari bo‘ylab Sahroi Kabirning janubiga quvvatlantirish infratuzilmalarisiz ham sayohat qilib bo‘lishiga oid ko‘plab shubhalarni sindirishni istadik. Roam nuqtayi nazaridan, «qayerga xohlasang hayda, istagan joyingda quvvatlantir» g‘oyasi to‘g‘ri ekanini isbotlashni xohladik», — deydi safar ishtirokchilaridan biri Masa Kituyi.

Jamoa o‘z sayohati davomida duch kelgan eng katta muammo — bu ob-havo. Ular bulutlar quyoshni to‘sib qo‘ygani uchun ba’zida yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan.

Safar davomida Roam Air mototsikli bir martalik quvvat bilan uzoq masofaga harakatlanish bo‘yicha rekordini yangilagan — bitta batareya yordamida 113 kilometr. Oxirgi kuni esa u 1000 kilometr masofani 18 soatdan kamroq vaqt ichida bosib o‘tgan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?