Foto: Getty Images
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning sobiq matbuot kotibi maxfiy hujjatlarni sizdirganlikda ayblanib, hibsga olindi. Hujjatlarning tarqalishi HAMAS tomonidan G‘azoda ushlab turilgan garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarga xavf solgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ishni ko‘rib chiqayotgan Rishon le-Sion shahar sudi qaroriga ko‘ra, Eliezer Feldshteyn ma’lumotlarni ochiqlashda gumon qilinayotgan to‘rt kishidan biridir. Qolgan uch kishi Isroil xavfsizlik xizmati xodimlari hisoblanadi. Isroil muxolifati yetakchilari ma’lumot sizib chiqishida Netanyaxu ham aloqador bo‘lishi mumkinligini aytgan. Bosh vazir devonxonasi bunday taxminlarni qat’iy rad etmoqda.
Isroil Ichki xavfsizlik xizmati va armiya qo‘mondonligi sentyabr oyida ichki tekshiruvlarni boshlagan. Bunga maxfiy hujjatlarning parchalari Britaniyaning Jewish Chronicle haftaligi va Germaniyaning Bild tabloidi sahifalarida chiqqani sabab bo‘lgan. Hodisa aynan garovdagilarni ozod etish bo‘yicha muzokaralar hal qiluvchi bosqichga yetgan paytda kuzatilgan.
Nashrlardan biri HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarni garovdagilar bilan birga Misrga yashirin tarzda olib chiqish rejasi haqida ma’lumot bergan. Bunda G‘azo chegarasi bo‘ylab o‘tuvchi Filadelfiya yo‘lagidan foydalanish rejalashtirilgan.
Ikkinchi maqolada go‘yoki HAMAS rahbariyati tomonidan tarqatilgan Sinvarning strategiyasi bayon etilgan. Bu strategiya garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni imkon qadar cho‘zib, ularni murakkablashtirishni ko‘zlaydi.
Biroq isroillik jurnalistlar birinchi “hujjat” qalbaki ekani, ikkinchisi esa HAMASning quyi darajadagi jangchilari tomonidan yozilganini aniqladi. Isroil sudi bu hujjatlarning e’lon qilinishi “davlat xavfsizligiga jiddiy zarar yetkazishi” va garovga olinganlarni ozod qilishga urinishni xavfga qo‘yishi mumkinligini aniqladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nyu-York shahri oldida jiddiy xavf paydo bo‘ldi
Kimni qisqartirsam ekan? (hajviya)
Muvaffaqiyatning siri nimada?
Mevali daraxtlarni qanday kesish kerak?
Sirtmoq domiga tushgan Yusufbek hoji
Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksda navbatdagi jangini o‘tkazdi
Farg‘onada mebel sexining binosi xatlandi
Qirg‘iziston kriptovalyutani qonuniylashtirmoqchi