08:17 / 06.11.2024
44

Polshada AQSH va Kanada reyslarida terakt uyushtirishni reja qilgan «GRU» agentlari qo‘lga olind

Polshada AQSH va Kanada reyslarida terakt uyushtirishni reja qilgan «GRU» agentlari qo‘lga olind
Foto: AP
Polsha huquq-tartibot organlari AQSH va Kanadaga yo‘l olgan yo‘lovchi hamda yuk samolyotlari bortidagi posilkalarni yoqishni reja qilishda gumonlangan to‘rt kishini qo‘lga oldi, deb xabar beradi Financial Times. Qo‘lga olingan fuqarolarning shaxsi ochiqlanmagan.

Polsha prokuraturasi qo‘poruvchilikka tayyorgarlik ko‘rishga aloqador yana ikki gumonlanuvchini hibsga olish bo‘yicha xalqaro order berilganini ma’lum qildi. «Mazkur ish bo‘yicha tergov davom etmoqda», — deyiladi idora xabarida.

Iyul oyida Germaniya va Buyuk Britaniya kompaniyalarining omborlarida elektr massajyorli posilkalar yonib ketgandi — ularning ichida magniy asosidagi tez alangalanuvchi modda bo‘lgan. Shu kabi holatlarning biri Leypsig aeroportidagi DHL logistika markazida bevosita parvozdan oldin yuz bergan, yana bir holatda esa Birmingemda Litva orqali yetkazilgan posilka yonib ketgan. Keyinroq The Guardian Britaniya Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha milliy boshqarmasi yuqoridagi voqealarga Rossiya maxsus xizmatlarining aloqadorligi bo‘yicha tekshiruvlarni boshlaganini ma’lum qildi.

«Hujumlar ortida Rossiya harbiy razvedkasi turibdi», — deydi Litva prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Kyastutis Budris. Polsha Milliy prokuraturasi ham Rossiya maxsus xizmatlarining qo‘poruvchilik harakatlariga aloqadorligini ma’lum qildi. Idoraning qayd etishicha, Leypsig va Birmingemdagi holatlar AQSH hamda Kanadaga uchadigan samolyotlar bortida yong‘in uyushtirish urinish bo‘lgan.

Litva politsiyasi yonuvchan to‘rtta qurilmani yuborishga uringan gumonlanuvchini qo‘lga olgan, ularning ikktasi DHL orqali Vilnyusga jo‘natilishi kerak bo‘lgan. Qo‘lga olingan shaxs o‘zini Igor Prudnikov deb tanishtirgan, ammo keyinroq tergov davomida uning haqiqiy ismi Aleksandr Suranovas ekani va u RF maxsus xizmatlari manfaati yo‘lida harakat qilgani aniqlangan.

Rossiya tomoni barcha ayblovlarni rad etmoqda. RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov g‘arb maxsus xizmatlarining ushbu xabarlarini «asossiz bo‘hton» deb atagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polshada AQSH va Kanada reyslarida terakt uyushtirishni reja qilgan «GRU» agentlari qo‘lga olind