Foto: AP
Yaponiyaning Toyota Motor Corporation avtomobil korporatsiyasi hamda Amerikaning tijoriy yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan elektr aviataksilar ishlab chiqaruvchi Joby Aviation kompaniyasi o‘zaro hamkorlikda ilk bor uchar taksi parvozini namoyish etdi.
Interesting Engineering nashri yozishicha, parvoz shu hafta boshida Yaponiyaning Shizuoka shahridagi Toyota texnik markazida o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmada bo‘lib o‘tdi. Hozircha apparat odamlarsiz uchdi, ammo o‘zining barcha imkoniyatlarini namoyish eta oldi: vertikal ko‘tarilish, tezlik va boshqarishga qulaylik kabi.
Taksi bir nafar uchuvchi va to‘rt yo‘lovchini soatiga 200 milgacha (321 km/soatdan ortiq) tezlikda tashiy olishi ta’kidlanmoqda. U atrof-muhitga zararli chiqindilar ajratmaydi, shuningdek, shovqinsiz va yuqori tezlikda harakatlana olishi bilan vertolyotlardan ustun turadi.
Yangi xizmat yo‘llardagi tirbandliklarni kamaytirish, atrof-muhitga ta’sirni minimallashtirish hamda shahar va qishloq hududlari uchun transport yechimlarini taqdim etishni maqsad qilgan. Uchar taksi parvozi Yaponiya va butun dunyodagi turli xil transport muammolarini hal etish imkoniyatlarini ko‘rsatmoqda.
Toyota va Joby kompaniyalari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik 2019 yildayoq boshlangan, shu bilan birga Joby havo taksilarini 15 yildan ortiq vaqt davomida ishlab chiqarib kelmoqda. So‘nggi yillarda Yaponiya tomoni loyihaga kamida 500 million dollar mablag‘ sarfladi va apparatning barcha zarur sertifikatlashtirish jarayonlaridan o‘tishini tezlashtirishga erishdi. Hozirgi kunda tijoriy ishlab chiqarishga keng ko‘lamda tayyorgarlik ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?