Foto: Bloomberg
AQSH vitse-prezidenti Kamala Harris mamlakatning yangi saylangan prezidenti Donald Trampga qo‘ng‘iroq qilib, uni g‘alaba bilan tabrikladi. Bu haqda Associated Press agentligi Harrisning maslahatchisiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘zaro suhbat davomida Harris hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirish masalasiga e’tibor qaratgan.
Shuningdek, agentlikning yozishicha, AQSH prezidenti Jo Bayden ham Trampga qo‘ng‘iroq qilib, uni tabriklagan va hokimiyatni topshirish masalasini muhokama qilish uchun Oq uyga taklif etgan.
Oq uyning ma’lum qilishicha, xodimlar «yaqin kunlarda» uchrashuv sanasini muhokama qiladi. Bayden saylov natijalari bo‘yicha 7 noyabr kuni Amerika xalqiga murojaat qilishni rejalashtirgan.
6 noyabr kuni ertalab 78 yoshli Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Saylovdan keyin 73-79 kun ichida yangi prezident o‘z lavozimiga kirishishi va prezidentlik qasamyodini qabul qilishi kerak.
78 yoshli Donald Tramp AQSH tarixida saylovlardagi mag‘lubiyatdan keyin Oq uyga qaytishga erishgan ikkinchi sobiq prezident bo‘ladi: Tramp 2016 yilgi saylovda g‘olib chiqqan, ammo 2020 yil yutqazgandi. Qo‘shma Shtatlarning bunday natija qayd etgan birinchi prezidenti Grover Klivlend bo‘lgandi — u ham 1884, 1888 va 1892 yillarda qatorasiga uch kampaniyada ishtirok etgan, ammo ikkinchi saylovida yutqazgandi. Hozirda Tramp ham Jo Baydenning 2020 yilgi saylovlardan keyin lavozimga kirishgan yoshida. O‘shanda Bayden eng keksa davlat rahbari bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Sergey Lushchan: "Navbahor" futbolchilari "Neftchi"ga o‘tyapti? Balki..."