Foto: Getty Images
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Konor Makgregor Oleksandr Usik va Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi haqida fikr bildirdi.
“Albatta, bunday jangchilar, ayniqsa, Oleksandr Usikka qarshi qarama-qarshilikda yutqazish yoqimli emas. Dastlabki jang deyarli teng kurashlar ostida kechgan. O‘sha jangda Fyurida ham bir nechta imkoniyat bo‘lgandi. Tayson o‘z uslubida ko‘p narsani o‘zgartira oladigan yigit.
Uning Deontey Uaylderga qarshi trilogiyasiga qarasangiz, uning jangdan jangga kuchayib borganini ko‘rasiz. Tayson Fyuri revanshga diqqatini qaratadi va taktik yondashadi deb o‘ylayman. Ammo Usik ham tajribali bokschi. Juda og‘ir jang bo‘ladi”, — deydi Makgregor.
Eslatib o‘tamiz, Usik va Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi 21 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
Ular o‘rtasidagi ilk jang 19 may tongida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgandi. Jang 12 raund davom etdi va ukrainalik sportchining ochkolar hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. To‘qqizinchi raundda Oleksandr Taysonni nokautga uchratdi, ammo britaniyalik jangni davom ettirishga kuch topa olgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi