18:02 / 08.11.2024
38

Eronda 16 yashar qiz kiyimi tufayli ta’qibga uchragach, joniga qasd qildi

Eronda 16 yashar qiz kiyimi tufayli ta’qibga uchragach, joniga qasd qildi
Kollaj: “Daryo”
Eronda 16 yoshli Arezo Xavari ro‘mol o‘ramagani va o‘qishdan chetlashtirish tahdidi tufayli maktab rahbariyati bilan kelishmovchilikdan so‘ng joniga qasd qildi. Bu haqda IranWire xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qiz oltinchi qavatdan o‘zini tashlagan. Uning otasi maktab rahbariyati va direktor ustidan rasmiy shikoyat qilgan. Arezo 5 noyabr kuni ekskursiya paytida jinsi shim kiygani uchun direktor o‘rinbosari tomonidan tanqidga uchragan. Mojaroni yumshatish uchun qiz shimini almashtirgan. U dugonalari bilan o‘ynab turgan paytda qisqa muddatga ro‘molini yechgan. Bu esa yana direktor o‘rinbosarining noroziligiga sabab bo‘lgan.

Maktab rasmiysi Arezoni videoga olib, uni direktorga ko‘rsatish bilan tahdid qilgan. Shundan so‘ng qizni direktor xonasiga chaqirishgan. U xonaga xafa holda kirgan va keyinchalik matematika o‘qituvchisidan uni maktabdan haydamasliklari uchun duo qilishni so‘ragan. Afg‘onistondan kelgan Arezo uchun ta’lim olish imkoniyatining cheklangani alohida qiyinchilik tug‘dirgandi.

Oradan vaqt o‘tib maktabdan qizning otasiga qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Ular Arezo ruxsatsiz maktabdan ketganini aytgan. Qizning onasi va akasi uni izlashga tushgan. Bir soatdan so‘ng oilaga kasalxonadan qo‘ng‘iroq bo‘lgan, qizi vafot etgani aytilgan.

Qizning sinfdoshlari bu arzimas muammolar tufayli Arezoni chetlashtirishga urinish bilan bog‘liq ilk holat emasligini aytmoqda.

O‘tgan yili unga quvnoq bo‘lgani, haddan tashqari ko‘p kulgani va juda ko‘p do‘stlari borligi uchun tanbeh berishgan. Ular uning hijobini tanqid qilishgan va maktabga qabul qilishga qarshilik ko‘rsatishgan”, deydi ular.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda 16 yashar qiz kiyimi tufayli ta’qibga uchragach, joniga qasd qildi