19:36 / 08.11.2024
38

Harris va Bayden jamoalari saylovdagi muvaffaqiyatsizlikda bir-birini ayblamoqda

Harris va Bayden jamoalari saylovdagi muvaffaqiyatsizlikda bir-birini ayblamoqda
Foto: Reuters
AQSH vitse-prezidenti Kamala Harris va Oq uy rahbari Jo Baydenning jamoalari demokratlarning prezidentlik saylovidagi muvaffaqiyatsizligida bir-birini ayblamoqda. Bu haqda manbalarga tayanib Axios portali xabar berdi.

Vitse-prezident Harris va prezident Baydenning maslahatchilari bir-biriga barmoqlarini ishora qilib, Trampning saylovdagi g‘alabasida ulardan birining aybi borligini ta’kidlamoqda”, deyiladi xabarda.

Harris jamoasiga ko‘ra, uning atigi 107 kun davom etgan kampaniyasi “deyarli benuqson” bo‘lgan va Demokratik partiyaning saylovdagi muvaffaqiyatsizligi uchun Baydenning past ma’qullash reytinglari, maslahatchilari va poygadan chiqishga kech qaror qilgani sabab bo‘lgan.

Shu bilan birga, prezident maslahatchilari Harrisning o‘zi Baydenni “ikkinchi rejaga” o‘tkazganlikda ayblab, o‘zining saylovoldi kampaniyasida prezidentga qatnashishiga deyarli imkon bermaganini aytgan.

2016 yilgi saylovlarda AQSH prezidenti lavozimini egallagan Donald Tramp 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi. U 19-asrdan beri to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng Oq uyga qaytgan birinchi AQSH siyosatchisi bo‘ldi.

Demokratik nomzod Kamala Harris tarafdorlari bilan suhbatlashib, mag‘lubiyatini tan olishini e’lon qildi. AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden esa Tramp bilan gaplashib, uni tabrikladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Harris va Bayden jamoalari saylovdagi muvaffaqiyatsizlikda bir-birini ayblamoqda