Foto: Asia Times
Respublikachi Donald Trampning katta maslahatchisi Brayan Lanzaning aytishicha, Oq uyning yangi ma’muriyati bor e’tiborini Ukrainada tinchlikka erishishga qaratadi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSHning maqsadi boy berilgan hududlarni qaytarishdan iborat emas.
“Agar prezident Zelenskiy muzokaralar stoliga o‘tirib, Qrim bo‘lsagina tinchlikka erishish mumkinligini aytsa, u bizga o‘zining jiddiy emasligini ko‘rsatadi. Qrim endi yo‘q”, dedi Lanza BBC bilan suhbatda.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, AQSHning ustuvor yo‘nalishlariga “tinchlik va qotillikni to‘xtatish” kiradi. U “adolatli suhbatni boshlash” va Ukraina tinchlikning haqiqiy yutug‘i sifatida nimalarni ko‘rishi haqida savolga javob berish zarurligiga ishora qilgan.
Brayan Lanza 2016 yildan beri Donald Trampning saylovoldi kampaniyalarida ishtirok etib keladi. 5 noyabr kuni Tramp AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi va yanvar oyida o‘z lavozimiga kirishishi kutilmoqda.
14 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha Qrim, DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlarining Rossiya hududi sifatidagi maqomini tan olish, Ukrainaning qo‘shilmaslik va yadro qurolidan xoli maqomini mustahkamlash, uni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni nazarda tutuvchi yangi tinchlik takliflarini ilgari surgan edi.
Ukraina tomoni mojaro 1991 yilgi chegaralarga qaytish bilan yakunlanishi kerakligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina ilk bor AQSH raketasi bilan Rossiyaga zarba berdi
Borrel: AQSH Rossiyaga 300 kilometrgacha ichkariga zarba berishga ruxsat berdi