39
Ziroat Mirziyoyeva: “Sizning faolligingiz, sa’y-harakatlaringiz hayotimizni, Yer sayyorasi atalmish umumiy makonimizni, albatta, o‘zgartiradi”
O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva 12 noyabr kuni joriy yilning iqlim siyosati va barqaror rivojlanish sohasidagi asosiy voqeasining qator tadbirlarida ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Foto: O‘zA
Sammit doirasida “Yoshlarning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha harakatlardagi yetakchiligi” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, Ozarbayjon Birinchi xonimi Mehribon Aliyeva, Turkiya Birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘an, Qirg‘iziston Birinchi xonimi Oygul Japarova ishtirok etdi. Shuningdek, Qozog‘iston, Tojikiston, Vengriya, BMT tuzilmalari va xalqaro tashkilotlarning yuqori martabali vakillari, mazkur mamlakatlarning yosh ekofaollari qatnashdi.
Uchrashuv avvalida mehmonlar mamlakatlar ekofaollari tomonidan ishlab chiqilgan Indivisible (“Bo‘linmas”) badiiy installyatsiyasi bilan tanishdi boshlandi. Panno quroq texnikasida ishlangan bo‘lib, undagi har bir mato parchasi mamlakatlar uchun noyob bo‘lgan va yo‘qolib borayotgan o‘simlikni anglatadi. Tabiiy merosni asrab-avaylashga da’vat etuvchi ushbu loyiha tabiat va insoniyat bo‘linmasligini yodga soladi.
Foto: O‘zA
O‘zbekiston Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva o‘z nutqida qardosh Ozarbayjon hukumati va xalqini SOR-29 yuksak saviyada tashkil etilgani bilan tabrikladi, shuningdek, Haydar Aliyev jamg‘armasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan qo‘shma forumni shaxsan qo‘llab-quvvatlagani uchun Birinchi vitse-prezident, Birinchi xonim Mehribon Aliyevaga minnatdorlik bildirdi.
Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlaridan yosh avlod – go‘daklar, bolalar va o‘smirlar hayotiga katta ta’sir ko‘rsatayotgani, ularning millionlab tengdoshlari tabiiy ofatlardan, qurg‘oqchilikdan, suv va oziq-ovqat tanqisligidan har kuni aziyat chekayotgani qayd etildi.
Foto: O‘zA
“Bu hodisalarga qarshi kurashni yosh avlodsiz, uning ongli va faol ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ushbu nufuzli minbardan turib, bugun Markaziy Osiyo va Turkiy xalqlar yoshlari ham mana shu global harakatning ajralmas qismi sifatida shakllanayotganini qayd etish menga katta faxr bag‘ishlaydi”, dedi Ziroat Mirziyoyeva.
O‘zbekiston Birinchi xonimi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi. Yoshlarning iqlim sohasidagi bilimlarini yanada oshirish maqsadida ma’rifiy tadbirlar va “yashil” kontentni kengaytirish, yosh avlod vakillari bilan tizimli va muntazam “iqlim muloqoti”ni o‘rnatish, shuningdek, farzandlarimizning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish imkoniyatlarini ekologik startaplarni rag‘batlantirish va sun’iy intellektdan foydalanish orqali kengaytirish shular jumlasidan.
Foto: O‘zA
Ziroat Mirziyoyeva so‘zining yakunida yigit-qizlarga murojaat qilib, shunday dedi: “Bugun siz iqlim o‘zgarishi bo‘yicha harakatning oldingi safidasiz. Sizning qat’iy shijoatingiz, yangi g‘oyalar va tashabbuslaringiz hammamizni umumiy maqsad sari yanada birlashtiradi. Shuni bilingki, sizning faolligingiz, sa’y-harakatlaringiz hayotimizni, Yer sayyorasi atalmish umumiy makonimizni albatta o‘zgartiradi”.
Tadbir davomida O‘zbekiston, Vengriya, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkiya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston ekofaollari hukumatlarni yosh avlodning iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga chaqiruvchi bayonot bilan chiqdi.
Foto: O‘zA
Shuningdek, yoshlar mintaqaviy, shu jumladan O‘zbekistonda o‘tkazilgan ekologik oromgohlar davomida ishlab chiqilgan iqlimga oid tashabbuslarini taqdimot qildi.
Asosiy takliflar — Xalqaro maslahat qo‘mitasini tuzish, bilim almashish, mintaqaviy va milliy iqlimga oid loyihalarni muvofiqlashtirish uchun maydon bo‘lib xizmat qiladigan raqamli platforma yaratish, shuningdek, barqaror rivojlanishni ilgari surish va yoshlar o‘rtasida ekologik savodxonlikni oshirishga qaratilgan Young Climate Champions xalqaro ekofaollar hamjamiyatini tashkil etish.
Foto: O‘zA
“Transchegaraviy ekotizimlar” loyihasi transchegaraviy tabiat obyektlari - qo‘riqxonalar, daryolar va hayvonlarning migratsiya yo‘nalishlarini asrash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Ekofaollar vizual kontent, shu jumladan VR-videolavhalardan iborat interfaol o‘quv xaritasini namoyish etdi.
Foto: O‘zA
Ushbu tashabbuslarning barchasi real hayotga ko‘chmoqda, ularni barqaror amalga oshirish uchun davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yosh ekofaollar, tadbirkorlar, olimlar va ekspertlardan iborat Ekologik kun tartibi bo‘yicha maslahat qo‘mitasi tashkil etildi.
Qo‘mita qarorlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari, Ozarbayjon, Vengriya va Turkiyaning yoshlar ishlari, ekologiya va ta’lim vazirlaridan iborat nufuzli Vasiylik kengashi tuzildi.
Foto: O‘zA
Maslahat qo‘mitasi bosh qarorgohi Toshkentda joylashgan yangi Butunjahon yoshlar ofisida faoliyat yuritadi. Mazkur ofis huzurida global miqyosda yoshlar tashabbuslari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ham ish olib boradi.
Forumning asosiy voqeasi O‘zbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya tomonidan 2024-2030 yillarda Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha xalqaro strategiyaning imzolanishi bo‘ldi.
Foto: O‘zA
Yosh ekofaollarning tavsiyalariga asoslangan ushbu hujjat iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalarida davlat organlari, ta’lim muassasalari, jamoat va ilmiy tashkilotlar, bolalar va yoshlar o‘rtasidagi samarali hamkorlik uchun global zamin yaratishga qaratilgan. Strategiya yosh avlodning ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga, jumladan, ekologik ta’lim va “yashil” ko‘nikmalarni rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi