Foto: Ansa
Italiya politsiyasi san’at asarlarini soxtalashtirish bilan shug‘ullangan jinoiy tarmoqni fosh etdi, deb xabar beradi Piza politsiyasi. Ish bo‘yicha 38 kishi tergov qilinmoqda — ulardan 2,1 ming dona soxta asarlar musodara qilingan.
Qayd etilishicha, transmilliy operatsiya 2023 yil martda boshlangan. Soxta san’at asarlari Italiya, Ispaniya, Fransiya va Belgiyadagi ustaxonalardan topilgan. 2,1 ming dona soxta san’at namunalarini sotish orqali gumonlanuvchilar 200 million yevrodan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritishlari mumkin edi.
Jinoiy ishga aloqadorlar Klod Mone, Vinsent van Gog, Pablo Pikasso, Salvador Dali, Mark Shagal, Endi Uorxol, Benksi va boshqa taniqli rassomlarning ishlarini soxtalashtirish bilan shug‘ullangan. Ular Benksining ikkita ko‘rgazmasini o‘tkazib, original va soxta kartinalarini namoyish etgan. Tergov biznesmenlardan birining kolleksiyasidan 200 ga yaqin soxta kartinalar topilganidan keyin boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda Ispaniya politsiyasi sakkiz nafar shaxsni Pablo Pikasso suratlarining soxta namunalarini 160 million yevroga sotganlikda gumon qilib, qo‘lga olgandi. Pablo Pikassoning kartinalari dunyodagi eng qimmatbaho san’at asarlari sirasiga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi