22:17 / 13.11.2024
29

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning COP 29 dagi Milliy paviloni bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning COP 29 dagi Milliy paviloni bilan tanishdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida o‘tayotgan BMTning Butunjahon iqlim sammitida (COP 29) tashkil etilgan O‘zbekiston Milliy paviloni bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbariga pavilonning g‘oyasi va unda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Pavilon O‘zbekistonning noyob madaniy merosi hamda ekologiya va iqlim masalalariga barqaror yondashuvlarini namoyish etishga mo‘ljallangan. Uning “Ichki barqarorlik” deb nomlangan me’moriy konsepsiyasi insonning tabiat bilan uyg‘unligini va oilaviy qadriyatlarni ifodalovchi an’anaviy o‘zbek hovlisiga asoslangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Somon suvoq va yog‘och kabi ekologik, an’anaviy materiallardan foydalanib, azaldan o‘zbek xonadonining ajralmas qismi bo‘lmish ayvon va so‘ridan ilhomlanib bunyod etilgan pavilon uyg‘un makon hosil qiladi. Birgalikda ushbu me’moriy yechimlar qulay mikroiqlimni ta’minlaydi, shinam muhit yaratadi va barqaror kelajak haqidagi g‘amxo‘rlikni aks ettiradi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Sammit kunlarida bu yerda Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy-ekologik muammolarini hal etish, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda bioxilma-xillikni asrashga bag‘ishlangan 20 dan ortiq qo‘shimcha tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 noyabr kuni Boku shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP 29) doirasidagi Jahon yetakchilari sammitining yalpi majlisida nutq so‘zladi. Unda davlat rahbari qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev iqlim bo‘yicha sammit doirasida Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel bilan uchrashdi. O‘zbekistonning Yevropa ittifoqi bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston yetakchisi COP 29 sammiti doirasida Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Unda 2025 yil yanvar oyida Xelsinki shahrida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va biznes forumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev hamda Chernogoriya prezidenti Yakov Milatovich o‘rtasidagi uchrashuvda hukumatlararo komissiya tuzish va uning birinchi yig‘ilishini kelgusi yilda Toshkent shahrida biznes forumi bilan birgalikda o‘tkazish taklif etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning COP 29 dagi Milliy paviloni bilan tanishdi