10:56 / 14.11.2024
41

AQSH razvedkasi xodimi qo‘lga olindi. U maxfiy ma’lumotlarni sizdirishda gumonlanmoqda

AQSH razvedkasi xodimi qo‘lga olindi. U maxfiy ma’lumotlarni sizdirishda gumonlanmoqda
Foto: Getty Images
Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) xodimi Asif Uilyam Rahmon AQSH Isroilning Eronga beradigan zarbasini baholashda foydalangan maxfiy ma’lumotlarni oshkor etish ishi doirasida qo‘lga olindi. Bu haqda The Wall Street Journal va The New York Times gazetalari sud hujjatlari hamda manbalarga tayanib xabar berdi.

AQSHning Guam orolidagi okrug sudi materiallarida keltirilishicha, Asif Rahmon — Amerika hukumatining xodimi bo‘lib, maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha yuqori darajadagi ruxsatga ega bo‘lgan. Materiallarda Rahmon MRBga ishlagani aytilmagan, ammo manbalar u xorijdan turib josuslik agentligiga ishlaganini tasdiqlagan. MRBning o‘zi holatga izoh berishdan bosh tortgan.

Sud hujjatlarida qayd etilishicha, 7 noyabr kuni Rahmonga milliy mudofaa to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan saqlash va ulashish bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Federal qidiruv byurosi 12 noyabr kuni Rahmonni Kambodjada qo‘lga olib, Guamga yetkazgan — 14 noyabr kuni u sud qarshisida javob beradi.

Pentagonning Isroilni Eronga uyushtiradigan hujumiga oid rejalari to‘g‘risida o‘ta maxfiy ma’lumotlari oktyabr oyida sizib chiqqandi. Hujjatlarda Isroil Mudofaa kuchlari hujum doirasida foydalanishi mumkin bo‘lgan samolyot va snaryadlar turlari haqida so‘z boradi. Hisobotlarning birida ta’kidlanishicha, AQSH Isroil hujum vaqtida yadroviy quroldan foydalanishni rejalashtirayotgani bo‘yicha hech qanday belgini ko‘rmagan.

Amerika maxsus xizmatlari yangi maxfiy materiallar sizib ketishidan xavotirlanib, yuqoridagi ma’lumotlarni tarqatgan shaxsni qidirishni boshlagan edi. Federal qidiruv byurosi oktyabr oyida holat bo‘yicha Mudofaa vazirligi va razvedka hamjamiyati bilan tergov olib borayotganini ma’lum qilgandi.

Avvalroq Amerikalik 22 yoshli harbiy IT-mutaxassis Jek Teysheyra o‘z mamlakatining milliy mudofaasiga oid maxfiy ma’lumotlarni, jumladan, Ukrainadagi urushga oid maxfiy harbiy hujjatlarni oshkor qilgani uchun 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.

2019 yil sentyabr oyida Milliy gvardiya safiga qo‘shilgan va 2021 yilda o‘ta maxfiy hukumat hujjatlarini ko‘rish uchun rasmiy ruxsat olgan Jek Teysheyra 2023 yil 13 aprelda geymerlar orasida mashhur Discord ijtimoiy media platformasidagi Thug Shaker Central chat guruhida paydo bo‘lgan maxfiy hujjatlarning sizib chiqishi bilan bog‘liq holda qo‘lga olingan edi. AQSH rasmiylariga ko‘ra, Teysheyra birinchi marta 2022 yil oktyabr oyida u yerda maxfiy ma’lumotlarni joylashtirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH razvedkasi xodimi qo‘lga olindi. U maxfiy ma’lumotlarni sizdirishda gumonlanmoqda