15:24 / 14.11.2024
120

Amerikalik hammani o‘lganiga ishontirib, chet elga qochib ketdi

Amerikalik hammani o‘lganiga ishontirib, chet elga qochib ketdi
Foto: Green Lake County Sheriff's Office
AQSHning Viskonsin shtatida yashovchi erkak hammani o‘zining o‘lganiga ishontirib, chet elga qochib ketdi.

Xotini va uch nafar farzandi baydarkada suzishga ketib bedarak yo‘qolgan Rayan Borgvardtga aza tutib o‘tirgan bir paytda u chet elda bo‘lgan, bu haqda People nashri Grin-Leyk okrugi sherifi Mark Podollga asoslanib xabar berdi.

Yo‘qolgan erkakni g‘avvoslar va itlar yordamida 54 kun qidirishdi, ammo topilmadi. Ko‘p o‘tmay Kanadadan xabar keldi — Borgvardt yo‘qolganining ertasi kuni ushbu mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan.

Keyin ma’lum bo‘lishicha, Borgvardt «bedarak yo‘qolishi»dan avvalroq chet el bankiga pul o‘tkazgan, elektron pochtasini almashtirgan va o‘z hayotini 375 ming dollarga sug‘urtalagan. Qolaversa, yo‘qolgan kuni kompyuterining qattiq diskini almashtirib, brauzeri xotirasini tozalagan, yangi pasportni esa bir necha oy oldin olgan.

Rayan Borgvardt hozirda Yevropaning qaysidir mamlakatida yashirinib yurgani taxmin qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik hammani o‘lganiga ishontirib, chet elga qochib ketdi