00:30 / 15.11.2024
72

Tramp g‘alabasidan keyin Janubiy Koreya Ukrainaga qurol jo‘natish fikrini o‘zgartirdi

Tramp g‘alabasidan keyin Janubiy Koreya Ukrainaga qurol jo‘natish fikrini o‘zgartirdi
Foto: AP/ Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol
Donald Tramp AQSHdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng, Janubiy Koreya hukumati Ukrainaga halokatli qurol yetkazib berish imkoniyatini qayta ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Janubiy Koreyaning ikki rasmiysiga tayanib Bloomberg xabar berdi.

Qayd etilishicha, endilikda Janubiy koreyaliklar respublikachining pozitsiyasini hisobga olishi kerak. So‘nggi bir necha hafta ichida Seul Rossiya va KXDR o‘rtasidagi yaqinlashish munosabati bilan Ukrainaga harbiy ko‘mak yetkazib berish imkoniyatini istisno qilmagan edi.

Bloomberg suhbatdoshlaridan biri Janubiy Koreya Donald Trampning mojaro bo‘yicha pozitsiyasi boshqa mamlakatlarning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashiga qanday ta’sir qilishini kuzatayotganini aytgan. Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakat ittifoqchilari bilan hamkorlikda Kiyevga ko‘makni kengaytirishga tayyorligini ma’lum qilgan. U tafsilotlarga aniqlik kiritmagan.

Oktyabr oyi oxirida Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yon Xyon Shimoliy Koreya qo‘shinlarini Rossiyaga o‘tkazish taklif qilinganidan tashqari, Pxenyan Moskvani raketa va o‘q-dorilar bilan ta’minlayotgani haqida xabar bergan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Koreyaning munosabati ko‘p jihatdan Rossiya Shimoliy Koreyaga qanday “o‘zaro xizmat” ko‘rsatishiga bog‘liq. Gap Ukrainaga halokatli qurollar yetkazib berish haqida bormoqda. Janubiy Koreya shu kungacha Ukrainaga faqat halokatli bo‘lmagan qurollarni jo‘natgan.

Rossiyadagi Shimoliy Koreya qo‘shinlari

Avvalroq AQSH Davlat departamenti Shimoliy Koreya askarlari hozirda Rossiya qo‘shinlari bilan birga Ukrainaga qarshi urushda qatnashayotgani haqida xabar bergan edi.

Foto:Yonhap
Qayd etilishicha, Pxenyan tomonidan Rossiya sharqiga yuborilgan 10 mingdan ortiq qo‘shinning asosiy qismi Kursk viloyatiga jo‘natilgan.

U yerda Shimoliy Koreya askarlari Rossiya qurolli kuchlari bilan birgalikda jangovar harakatlarda qatnasha boshladi”, dedi departament vakili.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Shimoliy Koreya askarlari Kursk viloyatida Ukraina armiyasiga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etayotganini aytgan.

KXDRning 11 ming askari hozirda Kreml qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Kurskda bo‘lib turibdi va ular orasida talafot ko‘rganlar ham bor”, deb yozgan Zelenskiy.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp g‘alabasidan keyin Janubiy Koreya Ukrainaga qurol jo‘natish fikrini o‘zgartirdi