Foto: PA Media
Britaniya muzeyi o‘z tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi — qiymati 1 milliard funt sterlingni tashkil etadigan Xitoy chinnilari muzey kolleksiyasidan o‘rin oladi, deb xabar bermoqda BBC.
1,7 mingta buyum o‘z ichiga oladigan jamlanma Xitoy tarixi bilan qiziqqan va ushbu davlat tilini yaxshi o‘rgangan britaniyalik biznesmen Persival Devid fondi vasiylari tomonidan topshiriladi. U kolleksiyani butun umri davomida to‘plab, boshqalarni ham bundan ilhomlanishga undagan.
Devidning kolleksiyasi Xitoydan tashqaridagi eng noyob kulolchilik mahsulotlar jamlanmasi hisoblanadi — u 2009 yildan beri Britaniya muzeyida namoyish etib kelinmoqda, ammo kolleksiya endi muzeyning mulkiga aylanadi.
Eng yorqin eksponatlardan biri — bu 1351 yilga tegishli «Devid vazasi»dir. Uni o‘rganish davomida ko‘k-oq rangli kulolchilik namunalari qachon paydo bo‘lgani borasidagi sanalarga oydinlik kiritgan. Tovuq tasviri tushirilgan idishdan esa imperator Chenxuaga (1465-1487) vino uzatishda foydalanilgan bo‘lsa, Ju Yao chinnisi 1086 yilda Sun sulolasi saroyi uchun yasalgan.
Kolleksiyadagi ayrim buyumlar tez orada Xitoyning Shanxay muzeyi va Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyiga ko‘rgazma uchun vaqtincha yuboriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"