Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berish uchun uzoq masofali ATACMS raketalaridan foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda The New York Post xabar berdi.
AQSH hukumatidagi manbalarga ko‘ra, bu zarbalar birinchi navbatda Kursk viloyatidagi Rossiya va Shimoliy Koreya harbiy xizmatchilariga qaratilgan bo‘ladi. Baydenning qarori AQSH siyosatidagi tub o‘zgarish bo‘lib, u qayta saylangan Donald Trampning inauguratsiyasidan ikki oy oldin qabul qilindi.
“Ukrainaga ATACMS raketalaridan foydalanishga ruxsat berish Rossiyaning Shimoliy Koreya qo‘shinlarini jangga yuborish haqidagi kutilmagan qaroriga javob bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Bayden maslahatchilarining Rossiyaga zarba berish uchun ATACMS'dan foydalanish bo‘yicha fikrlari turlicha. Ular hozircha gap faqat Kursk viloyatidagi nishonlarga zarba berish haqida ketayotganini aytgan. Keyinchalik Bayden bu qurolni boshqa joylarda ham ishlatishga ruxsat berishi mumkin.
Reuters manbalarining tasdiqlashicha, Bayden Ukraina armiyasiga Rossiya hududiga zarba berish uchun ATACMS'dan foydalanishga ruxsat bergan. Ukraina harbiylari ushbu raketalarni yaqin kunlarda ishlatmoqchi.
“Donald Tramp prezidentlik lavozimini egallaganidan keyin Baydenning bu qarorini bekor qiladimi yoki yo‘q, hozircha noma’lum”, deyiladi xabarda.
ATACMS — uzoq masofaga zarba beruvchi boshqariladigan raketa bo‘lib, u qo‘mondonlarga jangovar maydonni shakllantirish uchun zudlik bilan o‘t ochish imkonini beradi. U og‘irligi 500 funt bo‘lgan WDU18 toifasidagi fragmentar-fugasli jangovar kallak bilan jihozlangan. Maksimal uchish masofasi 300 kilometrni tashkil qiladi. ATACMS 1980 yillarda ishlab chiqilgan va birinchi marta 1991 yilda Fors ko‘rfazi urushi paytida ishlatilgan. O‘shandan beri u turli qurolli mojarolarda, jumladan, Iroq urushi va Rossiya—Ukraina urushida faol ishlatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»