Foto: KCNA/Reuters
KXDR Qurolli kuchlari mamlakatning urushga shayligini to‘liq ta’minlashi kerak. Bu haqda mamlakat yetakchisi Kim Chen In ma’lum qildi, deb xabar beradi Koreya Markaziy telegraf agentligi.
Shimoliy Koreya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, AQSH hamda uning ittifoqchisi bo‘lgan Janubiy Koreya «Koreya yarimorolidagi vaziyatni tahdidli darajaga olib chiqqan».
Kim Chen In jangovar kuchlar sonini oshirish va KXDRning mintaqadagi harbiy-siyosiy ustunlugini oshirishga chaqirdi. Janubiy Koreya va AQSH kuchlarining harakatini u «harbiy adovat telbaligi» deb atadi.
«Biz erishilgan natijalarga qanoatlanmay, markazida cheksiz yadroviy kuchlar turgan davlatning o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlarini muntazam mustahkamlashni davom etamiz», — deydi KXDR yetakchisi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil boshida Shimoliy Koreya yadroviy kallak bilan jihozlanishi mumkin bo‘lgan «Xeil-5-23» suvosti dron tizimini sinovdan o‘tkazayotganini e’lon qilgandi. KXDR Mudofaa vazirligi bu AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreyaning Yapon dengizida o‘tkazgan uch kunlik harbiy mashg‘ulotlariga javob ekanini bildirgan.
Bir necha kun oldin esa Kim Chen In yangi kamikadze-dronlar sinoviga rahbarlik qilib, qisqa vaqt ichida ushbu qurollarni ommaviy ishlab chiqarishni boshlashni buyurdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi