9
Rossiyada yadroviy portlashdan himoyalovchi mobil boshpanalarni seriyali ishlab chiqarish boshlandi
Foto: AP
Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar muammolari bo‘yicha Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti Rossiyada ilk bor «KUB-M» mobil boshpanalarini seriyali ishlab chiqarish boshlanganini ma’lum qildi. Ishlab chiqarish Nijegorod oblasti Dzerjinsk shahrida yo‘lga qo‘yilgan.
Tashkilot xabarida aytilishicha, boshpana «fuqarolarni turli tahdidlar, jumladan, tabiiy ofat va texnogen hodisalardan himoya qilishni ta’minlaydi».
Boshpanani yaratganlar 2023 yil dekabrda «KUB-M» «yadro portlashining havo zarbasi to‘lqini va yorug‘lik nurlanishidan 48 soat davomida himoya qilishi»ni ma’lum qilgandi. Shuningdek, u hududga kiruvchi radiatsiya va radioaktiv ifloslanishdan, xavfli kimyoviy moddalar va yong‘inlar himoyalaydi.
Mobil boshpananing standart jamlanmasi ikkita moduldan iborat: 54 kishiga mo‘ljallangan xona va texnik blok. Uning maydonini qo‘shimcha modullar hisobiga kengaytirish mumkin. Ta’kidlanishicha, mazkur boshpanalarni oson tashish va mavjud muhandislik tizimlariga ulash mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi