18
Dubaylik milliarderning rafiqasi bir kunda qanday qilib 216 ming dollar sarflashi haqida so‘zlab berdi
Foto: Marie Claire
Og‘ir sharoitlarda dunyoga kelib, so‘ng taqdir taqozosi bilan kelishgan va badavlat “shahzoda”sini uchratgan qizlar haqida ertaklar talaygina, ammo bunday voqealar hayotda ham ro‘y berib turadi. Shunday omadli qizlardan biri bu Dubaydagi kriptovalyuta treyderi Riki Andradening rafiqasi Linda Andrade hisoblanadi.
Ilk tanishuvda qiz 16 yoshda, yigit esa kichik kafe ishchisi bo‘lgan
Linda Rikini uchratgandan oldingi hayotini yodga olishni istamaydi. Ular birinchi marta tasodifan ko‘rishganida qiz 16 yoshda, Riki esa oddiy oila farzandi bo‘lgan. O‘sha yillarda dubaylik bo‘lajak milliarder kichik kafelarda idish yuvuvchi bo‘lib ishlagan.
Foto: Marie Claire
Kaliforniyalik Linda esa yoshligida qanday yashagani, nimalar bilan shug‘ullangani va qanday qilib Dubayga kelib qolgani noma’lum. Shu sababli Linda turmush o‘rtog‘iga boyligi sabab turmushga chiqishga rozi bo‘lgan, deb hisoblashlarini yomon ko‘radi.
Foto: Marie Claire
“Bir kuni men 216,789 AQSH dollari sarflaganman”
Hozirda Andrade xonim 24/7 hashamatli hayot kechiradi va o‘zini turmush o‘rtog‘ining muvaffaqiyatli bo‘lishida ulkan ilhom parisi deb biladi. Shuning uchun u erkakka ko‘plab talablar qo‘yadi. Lindaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga nazar tashlasangiz, ayol hashamatli hayotini barcha obunachilarga ko‘z-ko‘z qilishni juda yaxshi ko‘rishini anglaysiz.
Foto: Marie Claire
Foto: Marie Claire
Kunlarning birida Linda “chorshanba kuni 216 ming dollardan ko‘p pul sarflagan”ini aytgan. Buncha pulga aynan nimalarni xarid qilgani haqida ma’lumot bermagan.
Milliarder xonim qimmatbaho restoranlarda ovqatlanishni yaxshi ko‘radi: bir martalik tushlik uchun u 250 ming dollar pul sarflagan paytlar ham bo‘lgan. Bundan tashqari u har kuni dunyoga mashhur brend do‘konlaridan biror narsa xarid qilmay yasholmaydi. Kundalik xarajatlari uchun dubaylik erkatoy 300 ming dollar ketkazadi.
Foto: Marie Claire
Foto: Marie Claire
Shuningdek, Linda kazino va shunga o‘xshash qimor o‘yinlariga qiziqadi: uning omonatlari miqdori bir yarim million dollarni tashkil qiladi.
Rikki Andrade ham rafiqasini turli sovg‘alar bilan xushnud etishni kanda qilmaydi. Masalan, u Lindaga 200 ming dollarga zargarlik buyumi xarid qilishi yoki “shaxsiy xarajat va o‘yin-kulgi uchun” bank kartasiga 50 ming dollar o‘tkazishi mumkin.
“Olmos uzuk bersagina merosxo‘r sovg‘a qilaman”
Foto: Instagram
“Mening qizim uy bekasi bo‘lsagina ona bo‘lishini xohlayman. Barcha mas’uliyatni erkak kishiga yuklash va faqatgina unga suyanib yashash mutlaqo normaldir” degan edi Linda.
Joriy yil fevral oyida ularning oilasida quvonchli hodisa ro‘y berdi: Andradelar oilasida qiz farzand dunyoga keldi.
Foto: Instagram
Ammo merosxo‘r tug‘ilishini ota uzoq kutdi, chunki Linda ona bo‘lishdan avval turmush o‘rtog‘iga ko‘plab shartlar qo‘ygan edi. Jumladan:
Birinchi navbatda pushti yoki moviy rangli olmos uzuk (bolaning jinsiga moslab), va keyinchalik sotish mumkin bo‘lgan yangi ikki qavatli uy;
Ona va bola hayotini yengil qilish uchun ayoliga mashina haydashga ijozat berish (avval shaxsiy haydovchi xizmatidan foydalangan), Lamborghini va McLaren 720 avtomobillari;
Shuningdek, yangi Mercedes-Benz G-Class rusumli mashinasini ham hadya qilishi lozim edi. So‘nggi talab sifatida Linda uning sharafiga maxsus ishlab chiqarilgan shaxsiy yaxtasi bo‘lish talabini qo‘ygan.
Foto: Instagram
Foto: Instagram
Homiladorlikning har bir trimestrda Rikki unga Rolex soatini berishini ham so‘ragan Linda barcha talabiga erishdi. Hozirda u qizi tarbiyasi bilan band bo‘lib, hashamatli hayot tafsilotlarini internetda bo‘lishishda davom etmoqda.
Foto: Instagram
Foto: Instagram “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi