Foto: Xitoy mudofaa vaziri Dong Jun / AFP
Xitoy mudofaa vaziri Dong Jun amerikalik hamkasbi Lloyd Ostin bilan shu haftada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuvni bekor qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Pentagon rahbari xitoylik hamkasbi Dong Jun bilan ikki davlat o‘rtasidagi harbiy aloqa liniyalarini saqlab qolish uchun Laosda bo‘lib o‘tadigan ASEAN mudofaa vazirlari yig‘ilishida uchrashmoqchi edi. Ammo Xitoy taklifni qabul qilmadi va yaqinda Tayvandagi qurol-yarog‘ savdosini sabab qilib keltirdi, deydi yuqori martabali amerikalik mudofaa xodimi.
Uch hafta oldin AQSH Tayvanga 2 milliard dollarlik qurol-aslaha sotishni ma’qulladi. Bu kelishuv birinchi marta zamonaviy “yer-havo raketalari” yetkazib berishni ham anglatadi. Xitoy darhol ushbu savdoni qoralab, o‘z suverenitetini himoya qilish uchun “qat’iy javob choralari” ko‘rishga va’da berdi.
Muammo sababi nimada?
Xitoy Tayvan suverenitetini tan olmaydi. Uni o‘zining provinsiyalaridan biri deb biladi. Pekin tashqi hamkorlaridan “yagona Xitoy siyosati”ga amal qilishni qat’iy talab qilib kelmoqda. Yuzlab mamlakatlar qatori Qo‘shma Shtatlar ham bunga rasman amal qilsa-da, orolni qurol-yarog‘ bilan muntazam ta’minlamoqda. Xususan, oktyabr oyida Oq uy Tayvanga 567 million dollarlik harbiy yordam paketi e’lon qilib, “yer-havo” raketa tizimlari yetkazib berishni topshirdi. Bu esa Xitoy tomonining e’tirozlariga sabab bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi