Foto: Getty Images
O‘tgan yili dunyoda milliarderlar soni ham, ularning umumiy boyligi miqdori ham 2022 yilgi kamayishlardan keyin yana o‘sishni boshladi va rekord ko‘rsatkichlarga chiqdi.
Altrata tadqiqot kompaniyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023 yilda dunyoda dollardagi milliarderlar soni 4 foizga oshgan, ularning boyligi esa 9 foizga ortib, 12,1 trillion dollarga yetgan.
Milliarderlar soni bo‘yicha AQSH yetakchilik qilmoqda, bir yil ichida ularning soni sezilarli darajada oshgan — 9,9 foizga (1050 kishiga yetgan). Reytingda ikkinchi o‘rinni egallagan Xitoyda esa aksincha, badavlat insonlar soni kamaygan — 14,8 foizga (304 milliarder).
Ro‘yxatning keyingi pog‘onalaridan Germaniya (-1,7 foiz; 170 milliarder), Hindiston (+15,9 foiz; 131 milliarder) va Buyuk Britaniya (+7 foiz; 122 milliarder) o‘rin olgan. Rossiya esa reytingda oltinchi o‘rinni egallagan — bir yil ichida mamlakatda milliarderlar soni 5,4 foizga oshib, 118 kishiga yetgan. Milliarderlar soni bo‘yicha yetakchi shaharlar reytingi quyidagicha:
- Nyu-York (144);
- Gonkong (107);
- San-Fransisko (87);
- London (78);
- Moskva (77).
Hisobot mualliflarining qayd etishicha, milliarderlar dollardagi millionerlarning atigi 0,1 foizini tashkil qilsada, ular ushbu guruhdagilarning umumiy boyligini 8 foizini o‘zida jamlagan. Hisobotda, shuningdek, milliarderlar orasida eng ko‘p boylikka egalar haqida ham so‘z boradi. Dunyoda atiga 18 kishining boyligi 50 milliard dollardan oshadi (jami milliarderlarning qariyb 0,5 foizi), shu bilan birga, ular 2 trillion dollarga egalik qiladi (jami milliarderlar boyligining 16 foizi). “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi