17:23 / 21.11.2024
60

Rossiya ilk bor Ukrainaga qit’alararo ballistik raketa uchirdi

Rossiya ilk bor Ukrainaga qit’alararo ballistik raketa uchirdi
Foto: Rossiya harbiy paradida qit’alararo ballistik raketa / AFP
Rossiya 21 noyabr kuni ilk bor Dnepr bo‘ylab qit’alararo ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) xabar berdi.

Hujum Astraxan viloyatidagi poligondan amalga oshirilgani aytilmoqda. Ushbu ma’lumotning mustaqil tasdig‘i mavjud emas. Qit’alararo ballistik raketa besh ming kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin, ammo ularning ba’zilari to‘qqiz ming kilometrdan ortiq masofaga mo‘ljallangan.

Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari 21 noyabr kuni ertalab Rossiya qo‘shinlari tomonidan uchirilgan oltita X-101 qanotli raketalarini urib tushirgan. Qit’alararo ballistik raketa zarbasining oqibatlari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda hujum aks etgan kadrlar tarqalgan:

Bu Ukraina armiyasi 19 noyabr kuni AQSHning uzoqqa uchuvchi ATACMS raketalari bilan Rossiyaga bergan zarbasi uchun javob bo‘lishi mumkin. O‘shanda Bryansk viloyatidagi qurol-yarog‘ ombori hujumga uchragandi.

17 noyabr kuni The New York Times gazetasi va Reuters agentligi manbalarga tayanib, AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga AQSH tomonidan yetkazib berilgan uzoq masofali ATACMS raketalaridan Rossiya hududiga zarba berish uchun foydalanishga ruxsat bergani haqida xabar berdi.

19 noyabr kuni AQSH davlat departamenti vakili Brayan Nikols Vashington Ukrainaga ATACMS raketalari yordamida Rossiya hududiga hujum qilishga ruxsat berganini rasman tasdiqladi.

Donald Tramp prezidentlik lavozimini egallaganidan keyin Baydenning bu qarorini bekor qiladimi yoki yo‘q, hozircha noma’lum.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya ilk bor Ukrainaga qit’alararo ballistik raketa uchirdi