07:51 / 22.11.2024
27

Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”

Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Foto: Reuters
Yevropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrel Isroil bosh vazirini hibsga olishga order bergan Xalqaro jinoiy sudning (XJS) qarori siyosiy qaror ekaniga qo‘shilmadi. U mazkur qarorni e’tiborga olishga chaqirdi va Yevropa ittifoqiga a’zo barcha davlatlar uni bajarishga majbur ekanini ta’kidladi.

Bu siyosiy qaror emas. Bu sudning, oliy Adliya organining, xalqaro sudning qaroridir. Sud qarori hurmat qilinishi va ijro etilishi kerak”, dedi Jozep Borrel matbuot anjumanida.

Ushbu qaror majburiydir. Yevropa ittifoqining barcha a’zolari uni bajarishlari shart”, deya qo‘shimcha qildi Borrel.

Xalqaro jinoyat sudning qarori 2023 yil 8-oktyabrdan 2024 yil 20 maygacha sodir etilgan “insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlari” tufayli qabul qilingan.

Xalqaro jinoiy sud Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va iste’foga chiqqan mudofaa vaziri Yoav Galant turli g‘ayriinsoniy harakatlarni sodir etganini ta’kidlamoqda.

Xususan, sudda Binyamin Netanyaxu va Yoav Galant G‘azo sektoridagi tinch aholini yashash uchun zarur bo‘lgan suv, dori-darmon, oziq-ovqat, tibbiy jihozlar, yoqilg‘i va elektr energiyasidan “qasddan mahrum qilgani” borasida asoslar mavjud.

Sudning qayd etishicha, isroillik amaldorlar insonparvarlik yordamiga to‘sqinlik qilgan va o‘z ixtiyoridagi barcha vositalardan foydalanib, tinch aholiga yordam ko‘rsatmagan.

Rim statutini ratifikatsiya qilgan davlatlar Xalqaro jinoyat sud buyrug‘ini bajarishlari shart.

Isroil sud qarorini antisemitizm va noxolis deb hisobladi.

Joriy yilning may oyida Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari yuzasidan Xalqaro sudga murojaat qilgandi.

Qayd etilishicha, JAR Isroilni falastinliklarga qarshi genotsid harakatlarida ayblagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”