10
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Foto: Getty Images
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lsa, internetni butunlay o‘chirib qo‘yish bilan tahdid qildi.
“Belarusda 2020 yilgi prezidentlik saylovlari natijasi e’lon qilinganidan keyin ommaviy norozilik namoyishlari chog‘ida kuzatilgan keng ko‘lamli internet o‘chirilishi davlat rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshirilgan edi”, dedi Lukashenko.
U agar bunday holat yana takrorlansa, “internet butunlay o‘chirilishi”ni aytdi.
“Ochig‘ini aytsam, bu deyarli har doim mening ruxsatim bilan bo‘lgan. Agar biz mamlakatni ushlab turmaganimizda edi... “o‘zgarishlar, o‘zgarishlar”, “biz uni xohlaymiz, buni xohlaymiz”. Men bularning hammasi qayerdan kelganini tushundim: internet orqali, Polshadan keldi”, deydi Lukashenko.
Joriy yilning 23 oktyabr kuni Belarus yetakchisi yettinchi muddatga nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi. Saylovlar 2025 yilning 26 yanvarida o‘tkazilishi belgilandi.
Avvalroq “Nasha Niva” nashri manbalari Lukashenkoning navbatdagi prezidentlik muddatiga qayta saylanishidan oldin xavfsizlik kuchlariga saylov oldidan norozilik bildirishi mumkin bo‘lgan har bir kishini “filtrdan o‘tkazish” vazifasi yuklatilgani haqida xabar bergandi. Ushbu manbalarga muvofiq, hududlarda “profilaktik tintuv o‘tkazilishi kerak bo‘lgan va hibsga olinganlar” ro‘yxati tuzilgan.
“Xavfsizlik kuchlarining vazifasi norozilik varaqalari, ovozlarni shaffof sanash talablari yoki Lukashenko nomzodiga qarshi ommaviy chiqishlarsiz — saylovlarni zarracha to‘qnashuvlarsiz o‘tkazishdir”, deydi nashr manbalari.
Belarusda 2020 yilgi prezidentlik saylovi natijalariga ko‘ra, Lukashenko 80,1 foiz, muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa 10 foiz ovoz olgan. O‘sha yilning 9 avgust — saylov kuni hamda keyingi uch kun ichida Belarusda tarmoq bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan. Mamlakatda Lukashenkoning iste’fosini talab qilgan ommaviy namoyishlar bir necha oy davom etgan.
Belarus inson huquqlari tashkilotlari ma’lumotlariga ko‘ra, prezidentlik kampaniyasi boshlangandan 2020 yil oxirigacha jami 35 ming nafar namoyishchi hibsga olingan. Svetlana Tixanovskayaga nisbatan bir necha jinoiy ish ochilgan, u saylovdan ko‘p o‘tmay Belarusni tark etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
KXDR o‘z askarlarini urushga yuborish evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan