13:12 / 23.11.2024
9

So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi

So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Foto: Reuters
Isroilliklarning kamida 64 foizi Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu boshchiligidagi hukumatga ishonmayapti. Bu haqda Isroilning 12-kanalida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra ma’lum qilindi.

Respondentlarning yana 30 foizi mamlakat hukumatining amaldagi tarkibiga hali ham ishonishlarini bildirishgan.

Unga ko‘ra, respondentlarning 79 foizi 2023-yil 7-oktyabrda HAMASning harakatlari chog‘ida Isroil siyosiy va harbiy rahbariyatining xatolarini tekshirish bo‘yicha davlat komissiyasi tuzilishini ham qo‘llab-quvvatlagan. Respondentlarning atigi 8 foizi bunday tekshiruvga qarshi ekanini, 13 foizi esa bir qarorga kelmaganini bildirgan.

Bundan tashqari, ulardan Livanning “Hizbulloh” harakati bilan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuv tuzish bo‘yicha qarashlari haqida so‘ralgan: 54 foizi kelishuvni qo‘llab-quvvatlashini aytgan, yana 24 foizi esa bunday kelishuvga qarshi chiqqan.

21-noyabr kuni Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni hibsga olishga order bergandi.

Xalqaro jinoyat sudi xabariga ko‘ra, sudda Binyamin Netanyaxu va Yoav Galant G‘azo sektoridagi tinch aholini yashash uchun zarur bo‘lgan suv, dori-darmon, oziq-ovqat, tibbiy jihozlar, yoqilg‘i va elektr energiyasidan “qasddan mahrum qilgani” borasida asoslar mavjud.

Sudning qayd etishicha, isroillik amaldorlar insonparvarlik yordamiga to‘sqinlik qilgan va o‘z ixtiyoridagi barcha vositalardan foydalanib, tinch aholiga yordam ko‘rsatmagan.

Xalqaro jinoyat sudining bu qaroriga javoban Binyamin Netanyaxuning idorasi sudni Isroilni izolyatsiya qilishda va mamlakatga qarshi “terrorchilik hujumlariga yordam berishda” ayblab chiqdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi