Foto: Telegram / Tomasz_Szmydt
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko polshalik sobiq sudya Tomash Shmidtga boshpana berish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmatiga yaqin bo‘lgan Telegram'dagi «Pul Pervogo» kanali xabar berdi.
Tomash Shmidt Varshava ma’muriy sudining ikkinchi bo‘linmasi sudyasi bo‘lgan. 6 may kuni Minskda o‘tkazilgan matbuot anjumanida u lavozimidan voz kechib, Belarusdan siyosiy boshpana so‘ragan. Shmidt o‘shanda «Polsha hukumati Belarus va Rossiyaga nisbatan adolatsiz hamda g‘irrom siyosat olib borayotganiga» norozilik sifatida iste’foga chiqqanini aytgan edi.
Polsha prokuraturasi Shmidtni chet el razvedkasiga aloqadorlikda va respublikaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etishda gumonlamoqda.
«To‘g‘risini aytsam, shokdaman. Qachonlardir bizda xoin bo‘lgandi va bu ham shunga o‘xshash voqea», — deya sudyaning qochib ketganiga izoh berdi Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy. U polshalik sobiq chegarachi Emil Chechkani eslagan — chegara xizmati xodimi 2021 yil dekabrda Belarusga qochib o‘tgandi, 2022 yil martda esa qochoq Minskda o‘lik holda topilgan.
Lukashenko sudyaning qochib ketishini «Polsha hukumatiga zarba» deb atab, kuch tuzilmalari vakillariga Shmidtdan boxabar bo‘lib turishni buyurgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»