20:40 / 24.11.2024
8

Filippinda amaldor prezident va rafiqasini o‘ldirish uchun qotil yolladi

Filippinda amaldor prezident va rafiqasini o‘ldirish uchun qotil yolladi
Foto: Ferdinand Markos va rafiqasi Liza Araneta / Getty Images
Filippin vitse-prezidenti Sara Duterte 67 yoshli davlat rahbari Ferdinand Markos va uning oilasini o‘ldirish uchun qotil yollaganini aytdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Dutertega ko‘ra, yollanma qotil uni o‘ldirishgan taqdirda ishga kirishadi. Davlat rahbarining o‘zidan tashqari, vitse-prezident uning rafiqasiga ham “buyurtma” bergan. Maxsus xizmatlar shu sababli prezidentning xavfsizlik choralarini kuchaytirgan.

Duterte — Filippin sobiq rahbari Rodrigo Dutertening farzandi — ilgari kichik Markosning ittifoqchisi edi, biroq vaqt o‘tishi bilan “mamlakatdagi eng ta’sirli ikki siyosiy oila o‘rtasidagi farq kengaydi”.

"Bu mamlakat halokatga yuz tutmoqda, chunki bizni prezidentlik qilishni bilmaydigan va yolg‘on so‘zlaydigan odam boshqarmoqda", deya ta’kidladi Sara Duterte.

Foto: Sara Duterte / Getty Images
U bunday vaziyatda o‘z xavfsizligini kafolatlash uchun va “tinchitilishi” ehtimolini hisobga olib, maxsus reja ishlab chiqqanini aytdi.

"Men bir odam bilan gaplashdim va agar meni o‘ldirishsa, BBM (Markos), (birinchi xonim) Liza Araneta va (spiker) Martin Romualdesni o‘ldirishini aytdim. Hazil emas. Men ularni o‘ldirmaguncha to‘xtamaslikni tayinladim. U rozi bo‘ldi", dedi Duterte.

Filippin vitse-prezidenti ushbu bayonotni Vakillar palatasi raisi Dutertening ofisida mablag‘lardan noto‘g‘ri foydalanish bo‘yicha savollarga javob berishdan bosh tortgani va hibsga olingandan so‘ng bergan.

Prezident matbuot xizmati Dutertening “aniq va bir ma’noli” bayonotini qabul qilganini va uni Filippin maxsus xizmatlariga yetkazganini aytgan. Prezidentning qo‘riqlash xizmati “oshkora tarzda aytilgan” tahdidni milliy xavfsizlik masalasi deb hisoblamoqda.

Associated Press nashrining yozishicha, keyinchalik Duterte o‘z bayonoti haqiqiy tahdid emas, balki shaxsiy xavfsizligi bo‘yicha tashvishini ifodalash uchun urinish bo‘lganini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Filippinda amaldor prezident va rafiqasini o‘ldirish uchun qotil yolladi