Foto: “Kommersant”
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev “AQSH dushmanlariga” yadroviy qurol bo‘yicha ishlanmalarni berish bilan tahdid qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.
Medvedev shu tariqa G‘arb davlatlarini SSSR parchalanganidan keyin tortib olingan yadroviy qurollarni Ukrainaga qaytarishdan ogohlantirdi. U yaqinda Rossiya yadroviy doktrinasidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, bunday qadam Rossiya uchun turtki bo‘lishi mumkinligini aytdi. Siyosatchi, shuningdek, Moskva bunga javoban tegishli ishlanmalarni ittifoqchilar bilan baham ko‘rishini ta’kidladi.
AQSHning potensial dushmanlaridan qaysi biriga yadroviy texnologiyamizni uzatishimiz mumkinligi haqida o‘ylashimiz kerak, dedi u.
Medvedevning fikricha, G‘arb ushbu vaziyatda qila oladigan eng ma’qul ish — Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishdir. U yaqinda Rossiya o‘zining yangi gipertovushli o‘rta masofali “Oreshnik” ballistik raketasini Dneprga zarba berish orqali dunyoga ilk bor namoyish etganini eslatdi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Yevropa bunday qurollarga qarshi turishga ojizlik qilishini aytdi.
Zarar qabul qilib bo‘lmas darajada, uni zamonaviy vositalar bilan yo‘q qilish imkonsiz va gap daqiqalar haqida bormoqda. Bombapanohlar yordam bermaydi, yagona umid shuki, mehribon Rossiya uchirishlar haqida oldindan ogohlantiradi, deya xulosa qildi u.
Ukrainadagi so‘nggi vaziyat
19 noyabr kuni Ukraina armiyasi Rossiya hududiga AQSHning uzoq masofaga uchuvchi ATACMS raketalari bilan zarba berdi. Hujum Bryansk viloyati Karachev shahridagi harbiy obyektga qaratilgan. ATACMS'ning maksimal uchish masofasi 300 kilometrni tashkil qiladi.
AQSH prezidenti Jo Bayden 17 noyabr kuni mazkur raketani Rossiya ichkarisiga qo‘llashga ruxsat berdi. Ukraina uzoq vaqtdan beri G‘arb qurollari bilan Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat etilishini kutayotgandi. Kreml rahbari Vladimir Putin esa bunday qurollarni Rossiyaga qarshi qo‘llash urushga kirishishni anglatishidan ogohlantirgan.
21 noyabr kuni Rossiya ilk bor Ukrainaning Dnepr shahri bo‘ylab qit’alararo ballistik raketa uchirdi. Hujum Astraxan viloyatidagi poligondan amalga oshirilgan. Qit’alararo ballistik raketa besh ming kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin, ammo ularning ba’zilari to‘qqiz ming kilometrdan ortiq masofaga mo‘ljallangan.
Dastlab raketa hujumi haqida Ukraina Qurolli kuchlari xabar bergan. Keyinchalik ma’lumotni Rossiya prezidenti tasdiqlagan. Putinga ko‘ra, Rossiya Amerika va Britaniyada ishlab chiqarilgan qurollarning mamlakat hududiga hujumlariga javoban “Oreshnik” raketasidan foydalangan.
Ba’zi rasmiylar AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga SSSR parchalanganidan keyin yo‘qotgan yadroviy qurolni qaytarib berishi mumkin, deb taxmin qilmoqda. Bunday variant Ukraina uchun xavfsizlik kafolati sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»