Krishtianu Ronaldu Buyuk Britaniya olgan kosmetolog muolajasi uchun pul to‘lamagani bois, shifokor-kosmetolog tomonidan sudga berildi.
Doktor Roshan Ravindran mashhur futbolchi 2021-2022 yillar davomida “Manchester Yunayted”da o‘ynagan davrida olgan muolajalari uchun to‘lovni amalga oshirmagan.
The Sun nashrining aniqlik kiritishicha, Ronaldu kosmetologdan 40 ming funt sterling miqdorida qarz bo‘lgan.
Endi Roshan Ravindran o‘ziga tegishli xizmat haqini sud yordamida Ronaldudan undirishga harakat qilmoqda. Bu mutaxassis Cheshirdagi klinikada Krishtianu Ronaldu, uning oilasi va yaqinlariga xizmat ko‘rsatgan.
Roshan Ravindran mashhur kosmetolog bo‘lib, uning xizmatidan siyosatchilar, Qirollik oilasi vakillari, sport yulduzlari va Gollivud aktyorlari foydalanib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Gavining qilig‘i Flikka yoqmadi: “Aql o‘rgatishni senga kim qo‘yibdi?”
Dmitriy Peskov: Rossiya mehnat muhojirlariga muhtoj
Kreml saroyida O‘zbekiston yulduzlari konserti qanday o‘tdi?