09:19 / 26.11.2024
5

Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”

Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Foto: RBK
Turkiya G‘azo sektoridagi mojaroga barham berilmaguncha Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Anqarada o‘z raisligida bo‘lib o‘tgan vazirlar mahkamasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha bayonot berdi.

Anqara barcha xalqaro platformalarda Falastinni qo‘llab-quvvatlashini va Isroil tajovuzini to‘xtatish zarurligini e’lon qilganini qayd etgan Erdog‘an, “Genotsid to‘xtab, G‘azo va Falastin butunlay ozod bo‘lgunga qadar birodarlarimizni bor kuch va vositalarimiz bilan qo‘llab-quvvatlaymiz” dedi.

"Biz ushbu og‘ir kunlarda Falastin xalqi, mazlum aholi oldidagi birodarlik burchimizni bajarishga harakat qilmoqdamiz. Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va uning qotillar tarmog‘i doirasi toraymoqda. Xalqaro jinoyat sudi tomonidan Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olish uchun order berilishi bu yo‘nalishdagi juda dadil qadamdir”, dedi Turkiya prezidenti.

21 noyabr kuni Xalqaro jinoyat sudi Netanyaxu va Galantni 2023 yil 8-oktyabrdan 2024 yil 20 maygacha Falastin hududida, jumladan G‘azo sektorida sodir etgan urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun hibsga olish uchun order berdi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, Netanyaxu va Galant qotillik, ta’qib va ​​boshqa g‘ayriinsoniy xatti-harakatlar, shuningdek, urush usuli sifatida tinch aholini ochlikdan o‘ldirishga majburlovchi harakatlarni qasddan sodir etish kabi jinoyatlarda aybdor deb topilgan.

Foto: Reuters
Isroilning 12-kanalida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmasligi ma’lum qilingan.

Shuningdek, respondentlarning 79 foizi 2023 yil 7 oktyabrda HAMASning harakatlari chog‘ida Isroil siyosiy va harbiy rahbariyatining xatolarini tekshirish bo‘yicha davlat komissiyasi tuzilishini ham qo‘llab-quvvatlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”