7
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Foto: Sputnik
Rossiya Davlat dumasiga migrant bolalarni rus tilini bilishini tasdiqlovchi hujjatsiz maktablarga qabul qilishni taqiqlovchi qonun loyihasi kiritildi. Hujjat Rossiya parlamenti quyi palatasi saytida e’lon qilindi.
Qonun loyihasi bilan “Rossiya Federatsiyasida ta’lim to‘g‘risida”gi federal qonunga o‘zgartirishlar kiritiladi. O‘zgartirishlar xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlari maktabga kirishda ta’lim olish uchun yetarli darajada rus tilini bilish bo‘yicha test sinovidan o‘tishlari shart ekanini nazarda tutadi. Testdan o‘ta olmaganlar o‘qishga qo‘yilmaydi.
Hujjatda qayd etilishicha, sinov tartibi va uning mezonlari Rossiya Ta’lim vazirligi va Rosobrnadzor tomonidan belgilanishi kerak. Shu bilan birga, qonun loyihasida test sinovlari bepul amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Loyiha mualliflari ushbu qonun “ta’lim sifati bo‘yicha davlat kafolatlarini amalga oshirish”, shuningdek, “ta’lim jarayonidagi barcha ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini uyg‘unlashtirish” uchun zarur ekanligini tushuntirdi.
"Deputatlar qonun loyihasini 10 dekabr kuni birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda", dedi hujjat mualliflaridan biri — Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin.
Tuzatishlar qabul qilinsa, qonun 2025 yil 1 apreldan kuchga kirishi kutilmoqda.
2024 yil mart oyida Crocus City Hallda Tojikistondan kelgan muhojirlar ayblangan teraktdan keyin Rossiya hukumati migratsiya siyosatini faol ravishda kuchaytira boshladi.
Cheklovlar sharoitida so‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, muhojirlarni yollayotgan Rossiya kompaniyalarining yarmidan ko‘pi ishchilar yetishmasligiga duch kelmoqda. Kreml, shuningdek, keskin demografik vaziyat fonida Rossiya dinamik rivojlanish uchun mehnat muhojirlariga muhtoj ekanini qayd etdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Filippin vitse-prezidenti davlat rahbari uchun killer yollaganini aytdi
Yaponiyada odamlarni yuvintiradigan kir mashinasi ixtiro qilindi
GFR Netanyahuni hibsga olishga berilgan order oqibatlarini o‘rganmoqda
Turk aktyorlarining tomoshabinlar yodida qolgan eng mashhur rollari
Ekspert Putinning videomurojaatidagi g‘alati narsani payqadi