18:55 / 26.11.2024
4

Trampning maslahatchisi pora talab qildi

Trampning maslahatchisi pora talab qildi
Foto: Getty Images
AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning shaxsiy maslahatchisi Boris Epshteyn administratsiyadagi lavozimlarni egallashda yordam berish evaziga pul talab qildi. Bu haqda yuridik tekshiruv natijalariga asoslanib, The Washington Post xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Epshteyn bo‘lajak prezident administratsiyasiga nomzodlardan oylik gonarar to‘lashni so‘ragan. Siyosatchi shu tariqa ularning manfaatini Tramp oldida himoya qilishini aytgan. Epshteynning o‘zi mazkur ayblovni rad etmoqda.

Advokatlar u keskin tanqid qilingan hisobotni tayyorladi. Epshteyn o‘tish davri hukumatiga katta ta’sir ko‘rsatadigan Trampning bosh yuristi hisoblanadi.

Aniqlanishicha, u moliya vaziri lavozimiga tayinlangan Skott Bessentdan ham pul talab qilgan, ammo urinish natijasiz yakunlangan. Yuridik tekshiruv tashabbusi Trampning o‘zidan chiqqan. U Epshteynning bo‘lajak nomzodlarga qo‘yayotgan talablari haqidagi ma’lumotni olgandan so‘ng, buni buyurgan.

Shuningdek, hujjatda Epshteynning Tramp bilan ishlashini va yaqin hamkorligini to‘xtatish tavsiya etilgan. Aks holda, saylangan prezident o‘z yordamchisiga qarshi jinoiy ayblovlar bilan bog‘liq keraksiz mojaroga aralashib qolishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning maslahatchisi pora talab qildi