20:06 / 26.11.2024
14

Bank of China sobiq rahbari o‘lim jazosiga hukm qilindi

Bank of China sobiq rahbari o‘lim jazosiga hukm qilindi
Bank of China sobiq rahbari Lyu Lyanje
Foto: Report.az

Dunyoning eng yirik banklaridan biri — Bank of China sobiq boshqaruvi raisi va partiya qo‘mitasi kotibi Lyu Lyanje poraxo‘rlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Oliy xalq prokuraturasi ma’lum qildi.

Szinan shahri oraliq xalq sudi sobiq partiya qo‘mitasi kotibi va Bank of China boshqaruvi raisi Lyu Lyanjeni pora olganlikda ayblab, o‘lim jazosiga hukm qildi. Jazoning ijro etilishi ikki yil muddatga to‘xtatib turiladi. Shuningdek, Lyu Lyanje barcha siyosiy huquqlardan umrbod mahrum qilinadi hamda uning barcha shaxsiy mulklari musodara etiladi”, deyiladi xabarda.

Bank of China mamlakatdagi eng qadimgi bank bo‘lib, Xitoyning “Katta to‘rtlik” banklaridan biri hisoblanadi. Bank of China 1942 yilgacha pul emissiyasida ishtirok etgan mamlakat banklaridan biri edi. Hozirgi vaqtda mamlakat markaziy banki rolini Xitoy Xalq banki bajaradi.

Avvalroq Shimoliy Koreyada oq rangdagi to‘y libosi kiyganlar va quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqqanlar qatl etilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Foto: ChatGPT sun’iy intellekt yordamida yaratilgan rasm
Endilikda oq rangdagi to‘y liboslari, ko‘k jinsi shimlar kiyganlik yoki quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqqanlik uchun qattiq jazo qo‘llanadi”, deya Yonhap agentligi xabar bergan.

Nashrga ko‘ra, yangilangan kodekslar doirasida o‘lim jazosi nazarda tutilgan yangi jinoyatlar, jumladan, davlatga qarshi tashviqot, shuningdek, qurolni noqonuniy ishlab chiqarish va undan foydalanish kabilar ham qo‘shilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bank of China sobiq rahbari o‘lim jazosiga hukm qilindi