Foto RIA Novosti
Afinada minglab odamlar NATO bosh kotibi Mark Ryuttening tashrifiga qarshi namoyishga chiqdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Gretsiya urushdan chiqdi! AQSH va NATO bazalarini yoping! Mamlakat tashqarisidagi harbiy missiyalarni to‘xtating! Zelenskiy rejimiga har qanday harbiy yordamni to‘xtating! Terrorchi Isroil davlatini qo‘llab-quvvatlamang! Xalqlarning qotillariga yer va suv berilmasin! Qirg‘inda ishtirok etilmasin”, deya hayqirdi namoyishchilar.
Miting Gretsiya Kommunistik partiyasi va kommunistik yoshlari tomonidan o‘tkazilmoqda.
Ryuttening kelishi va NATOga qarshi namoyishlar tufayli Afina markaziga politsiya kuchlari jalb etildi. Gretsiya Tashqi ishlar vazirligi binosiga yaqinlashish va hukumat qarorgohi – Maksim saroyiga yo‘l politsiya avtobuslari tomonidan to‘sib qo‘yildi.
Turkiyadan Gretsiyaga tashrif buyurgan NATO Bosh kotibi Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis, TIV rahbari Giorgos Gerapetritis va Mudofaa vaziri Nikos Dendias bilan uchrashdi. Ular Ukraina va mintaqadagi vaziyat, alyans oldida turgan umumiy muammolar, Yevropa mudofaa muxtoriyati va immigratsiyani mustahkamlash, Gretsiya-Turkiya muloqotini muhokama qilishi kutilmoqda.
“Miting xalqlarni yangi urushga tortayotgan Yevro-Atlantika ittifoqi rahbari uchun eng yaxshi “usul”dir. Ryuttening lavozimga kelganidan so‘ng tashrifini “tantanali” deb ko‘rsatishga urinish kulgili va provokatsiondir. Ukrainadan Yaqin Sharqqa urush nog‘oralari jaranglab borayotgan bir paytda NATO bosh kotibining a’zo davlatga tashrifida “tantanali” hech narsa yo‘q”, deya miting qatnashchilari barchani namoyichga chorladi.
Kommunistik partiyaning qayd etishicha, Ryutte Afinada hukumat bilan uchrashar ekan, NATO-Ukraina qo‘mitasi Bryusselda “urush jabhasidagi jadal o‘zgarishlarni baholash” va global miqyosga tahdid soladigan mojaroda keyingi qadamlarni rejalashtirish uchun favqulodda yig‘ilish o‘tkazmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Xalqaro moliya bozori sharhi...
Abdusalom Azizov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashiga o‘tkazildi
Dunyodagi eng baland va eng past bo‘yli ayollar Londonda uchrashdi
Ro‘ziqul Berdiyev: "Raqib mahoratli o‘yinchilarga ega jamoa, ammo biz ko‘proq o‘z o‘yinimizga e’tibor berishimiz zarur"
Filippinda amaldor prezident va rafiqasini o‘ldirish uchun qotil yolladi