08:23 / 27.11.2024
4

Olimlar psixoz tashxisini qo‘yishga yordam beradigan yangi biomarkerni aniqladi

Olimlar psixoz tashxisini qo‘yishga yordam beradigan yangi biomarkerni aniqladi
Foto: Research.uga.edu
AQSHdagi Rochester universiteti olimlari inson miyasida psixozning potensial biomarkerini aniqladi. Tadqiqot natijasi Molecular Psychiatry ilmiy jurnalida chop etildi.

Human Connectome Early Psychosis Project loyihasi doirasida to‘plangan ma’lumotlarni tadqiq etish asnosida olimlar jamoasi 159 nafar ishtirokchining MRT-tasvirlarini o‘rganib chiqqan. Ularning 105 nafarida psixologik buzilish testgacha bo‘lgan besh yil davomida rivojlangan.

Taqiqoqtchilar psixozga chalingan bemorlar miyasi qobig‘idagi sensor sohalar bir-biri bilan kuchsiz va talamusda — miyaning retranslyatsion axborot stansiyasida kuchli bog‘langanini aniqladi.

Ushbu farqlar tana harakatlari va hissiyotlarini qayta ishlovchi somatomotor tarmoq hamda obyektlar, yuzlar va murakkab xususiyatlarning tasvirlarini generatsiya qiluvchi vizual tarmoq bilan cheklangan. Mazkur ikki tarmoqdagi uzilish belgilarini birlashtirish tadqiqotchilarga «somato-vizual» biomarkerni yaratishga imkon bergan.

Oldingi tadqiqotlar shizofreniya bilan og‘rigan odamlarning sensorli tarmoqlarida anomal miya aloqalari mavjudligini ko‘rsatgan, ammo aynan qaysi tarmoqlar bunga mas’ul ekani noaniqligicha qolib kelayotgan edi.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, aniqlangan biomarker ruhiy buzilishni besh daqiqada aniqlash va ancha zamonaviy davolash usullarini qo‘llash imkonini beradi.

Avvalroq Honkong politexnika universiteti tadqiqotchilari majong o‘yini keksalarning kognitiv qobiliyati, xotirasi va hissiy holatiga ijobiy ta’sir qilishini aniqlagani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar psixoz tashxisini qo‘yishga yordam beradigan yangi biomarkerni aniqladi