Foto: AP
Kiyev Ukrainaning Donetsk oblastida RF qo‘shinlari tomonidan sodir etilgan urush qoidalarining navbatdagi buzilishini tekshirmoqda. Gap rossiyalik harbiylar tomonidan Pokrovsk yo‘nalishida besh nafar ukrainalik harbiy asirning qatl etilishi ehtimoli haqida bormoqda, deb xabar qildi Ukraina Bosh prokuraturasi 26 noyabr, seshanba kuni o‘zining Telegram-kanalida.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa noyabr oyida, Rossiya qo‘shinlari Petrovka qishlog‘i yaqinidagi Ukraina Qurolli kuchlari pozitsiyalariga bostirib kirgan bir vaqtda yuz bergan. Aholi punkti Pokrovsk yo‘nalishida joylashgan bo‘lib, u yerda Rossiya Federatsiyasi kuzda ma’lum muvaffaqiyatlarga erishdi.
«Hujum natijasida Ukraina Qurolli kuchlarining besh nafar askari chekinishga va xususiy uyga yashirinishga majbur bo‘ldi, rus harbiylari ukrainalik himoyachilarni qurolsiz qoldirib, yerga yotishga majbur qilgan. Ular xalqaro gumanitar qonunlarni buzgan holda ukrainalik asirlarni avtomat qurollardan o‘qqa tutdi», — deyiladi Ukraina Bosh prokuraturasi bayonotida.
Ukraina BMT va Qizil Xochga harbiy asirlar qatl etilishi haqidagi ma’lumotni topshirdi
Oliy radaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Dmitriy Lubines BMT va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi paytida Rossiya kuchlari tomonidan sodir etilgan navbatdagi harbiy jinoyatni qayd etishni so‘rab xat yo‘llaganini aytdi.
«Yana bir bor ta’kidlaymanki, harbiy asirlarni o‘ldirish Jeneva konvensiyalarini qo‘pol ravishda buzish va og‘ir xalqaro jinoyat sifatida tasniflanadi», — dedi ombudsman. U xalqaro hamjamiyatni voqeaga zudlik bilan javob berishga chaqirdi.
YEI: Rossiyada ukrainalik harbiy asirlarni qatl etish holatlari ko‘paydi
Rossiyada ukrainalik harbiy asirlarni qatl qilish holatlari ko‘paydi: urush boshlanganidan beri kamida 177 kishi Rossiya asirligida halok bo‘lgan. Bu haqda 16 oktyabr kuni Yevropa tashqi aloqalar xizmati (EEAS) ma’lum qildi.
Uning manbalariga ko‘ra, 10 oktyabr kuni Kursk oblastida to‘qqiz nafar ukrainalik harbiy asir rus qo‘shinlari tomonidan otib o‘ldirilgan.
Bungacha, 1 oktyabr kuni Ukrainaning Rossiya nazoratidagi Donetsk oblastida 16 nafar harbiy asir taslim bo‘lganidan keyin rus qo‘shinlari tomonidan qatl etilgan edi, deya qo‘shimcha qildi EEAS. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Raqamli dalillarni sudga taqdim etish tartibi tasdiqlandi
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi